Urgançda çiqindilar yoqilişi böyiça tanqiddan söng muammo bartaraf etildi
5-09-2025, 19:43
83 марта
Urgançda çiqindilar yoqilişi böyiça tanqiddan söng muammo bartaraf etildiIjtimoiy tarmoqlarda “Urgançda çiqindilar yoqilişi yana takrorlandi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar jamoatçilik etiborini tortdi. Xususan, Urganç şahrining “Jaloliddin Manguberdi” mahallasi hududidagi çiqindi yiğiş maydonida çiqindilar töplanib, yoqib yuborilgani aks etgan fotosurat va videolar keng muhokama qilindi.
Mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Çiqindilarni boşqariş va sirkulyor iqtisodiyotni rivojlantiriş boşqarmasi tomonidan örganiş işlari olib borildi.
“Toza hudud” DM işçi xodimlari maxsus texnikasi jalb qilinib, muammo qisqa vaqt içida bartaraf etildi. Şuningdek, mahalla hududidagi çiqindi yiğiş maydoniga yangi çiqindi konteynerlari örnatildi va biriktirilgan texnika grafik asosida kirişi qatiy nazoratga olindi.
Jamoatçilik nazorati va ijtimoiy tarmoqlardagi tanqidiy çiqişlar orqali mahalladagi ekologik muammo öz yeçimini topdi.


