USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Urgançda 1977 yilda qurilgan eng katta köprikda yoriqlar paydo böldi” xabarlari yuzasidan rasmiy malumot berildi

778 марта
 “Urgançda 1977 yilda qurilgan eng katta köprikda yoriqlar paydo böldi” xabarlari yuzasidan rasmiy malumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Urgançdagi eng katta köprikda yoriqlar paydo böldi” mazmunida tarqalgan xabarlar yuzasidan, mutasaddi taşkilotlar tomonidan joyida örganiş işlari olib borildi.


Örganiş natijasida malum bölişiça, murojaatda söz borgan köprik — Urganç şahri hududida joylaşgan va “Urganç tuman yöllardan foydalaniş korxonasi” davlat muassasasi tasarrufidagi D214 “Urganç – Yangiariq” avtomobil yölining 0,8 km qismidagi temir yöl ustidan ötuvçi yöl ötkazgiç ekanligi aniqlangan.

 Quriliş tarixi va holati

Mazkur yöl ötkazgiç 1977 yilda qurilgan bölib, umumiy uzunligi 375 metrni taşkil etadi. Uşbu köprikda oxirgi marta 2020 yilda joriy tamirlaş işlari bajarilgan.

Yöl ötkazgiç holati mutaxassislar bilan örganilganda, undagi deformatsiyaviy (deformatsion) çoklarida vaqt ötişi bilan yuklama va taşqi tasirlar, harorat özgarişi (issiq-sovuq) natijasida materiallarning kengayişi yoki qisqarişi oqibatida ayrim buzilişlar kuzatilgan.

Biroq yöl ötkazgiçning ostki temir-beton konstruktsiyalarida transport harakati uçun xavf tuğdiradigan holatlar aniqlanmagan.

 Tamirlaş işlari rejalaştirilgan

Malum qilinişiça, deformatsiyaviy çoklardagi aniqlangan nuqsonlar qisqa muddatlarda bartaraf etiladi, bu haqda qöşimça malumotlar jamoatçilikka taqdim etiladi.

Eslatib ötamiz, mazkur yöl ötkazgiç Urganç şahridagi asosiy yöllardan biri bölib, kunlik minglab avtomaşinalar harakatlanadigan muhim transport obekti hisoblanadi.

#RasmiyMalumot #Urganç #YölQurilişi #XorazmBugun #Xorazm

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: