Urganç markazida ikki “Kobalt” töqnaşdi: biri yondi
9-10-2025, 08:52
3 945 марта
Urganç markazida ikki “Kobalt” töqnaşdi: biri yondiBugun, 9 oktyabr kuni soat 08:00 atrofida Urganç şahrining Mustaqillik köçasida yöl-transport hodisasi sodir böldi.
Guvohlarning aytişiça, ikkita “Cobalt” rusumli avtomobil iştirokida yuz bergan mazkur hodisada bir avtomaşina ikkinçisi orqasidan kelib urilgan. Uriliş natijasida transport vositalaridan biri yonğinga çömib, qisqa vaqt içida butunlay yonib ketgan.
Hozirda voqea joyida yordamçi xizmatlar va YHXB xodimlari faoliyat yuritmoqda. Yöl vaqtinça yopilgan, harakat boşqa yönalişga yönaltirilgan.
Tegişli idoralar tomonidan yonğinning sabablari va yöl-transport hodisasiga olib kelgan omillar örganilmoqda. Hodisa böyiça dastlabki tergov harakatlari boşlangan.
Xabar “Xorazm bugun” jamoasiga kelib tuşgan malumotlar asosida tayyorlandi.
#Xorazm #Urganç #YTH #Cobalt #Favqulodda #XorazmBugun