XORAZMDA QORA GURUÇ YeTIŞTIRILDI — YaNGI TUR, YaNGI IMKONIYaT!
9-10-2025, 14:02
1 156 марта
XORAZMDA QORA GURUÇ YeTIŞTIRILDI — YaNGI TUR, YaNGI IMKONIYaT!Xorazm viloyatida ilk bor “qora guröç” navini yetiştiriş muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Bu yangilik viloyat qişloq xöjaligi sohasida yangi yönalişni oçib berdi.
Xitoydan Xorazmga kelgan yangilikUrganç tumanida faoliyat yuritayotgan «Xorazm Nurli zamin» fermer xöjaligi rahbari Dilşod Norboyev Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari vaqtida “qora guröç” uruğini olib kelib, uni viloyatimiz tuproq va iqlim şaroitida sinovdan ötkazdi.
Sinov natijalari ijobiy bölib, çoryoqda yetiştirilgan qora guröç barvaqt pişdi va yaxşi hosil berdi. Bu tajriba Xorazm şaroitida ham mazkur navni muvaffaqiyatli parvarişlaş mumkinligini körsatdi.
Qora guröç nima bilan farq qiladi?
Qora guröç oddiy oq guröçga nisbatan:
- Oqsil va antioksidantlarga boy;
- Temir, tsink, magniy va V vitamini manbai;
- Qon bosimini meyorda uşlaş, immunitetni mustahkamlaşda foydali;
- Diabet yoki xolesterin muammosi bor insonlar uçun tavsiya etiladi.
Xorazmda yangi iqtisodiy imkoniyat
Dilşod Norboyevning taşabbusi nafaqat tajriba, balki iqtisodiy jihatdan ham ahamiyatli böldi. Agar bu nav ommaviy yetiştirila boşlansa:
- Xorazmda eksportbop mahsulotlar soni ortadi;
- Yangi iş örinlari yaratiladi;
- Mahalliy bozorda soğlom va foydali mahsulot yetiştiriş imkoniyati kengayadi.

Qora guröç — Xorazm brendiga aylanişi mumkin
Agar bu tajriba kengaytirilsa, Xorazmda yetiştirilayotgan qora guröç nafaqat içki bozorda, balki xorijda ham katta talabga ega bölişi mumkin.
Muttaxassislar fikriça, mahalliy iqlim — quyoşli kunlar va sernam tuproq — qora guröç uçun juda qulay şaroit yaratadi.
Endilikda Xorazmda nafaqat oq va qönğir, balki qora guröç ham bor!
Bu — viloyatimiz dehqonlari uçun yangi yönaliş va qişloq xöjaligida innovatsion yondaşuvning yorqin namunasi.