XORAZMDA PRAVAGA IMTIHONLAR YoPILGAN — AMMO NEGA TAMIRLAŞ JARAYoNIDAN FAKTLAR YÖQ?
10-10-2025, 08:29
1 025 марта
XORAZMDA PRAVAGA IMTIHONLAR YoPILGAN — AMMO NEGA TAMIRLAŞ JARAYoNIDAN FAKTLAR YÖQ?Xorazm viloyatida haydovçilik guvohnomasi (prava) oliş böyiça imtihon jarayonlari vaqtinça töxtatilgani haqida aholi orasida gap-sözlar köpaydi. Ammo şunga qaramasdan, bu böyiça heç qanday rasmiy tuşuntiriş, tamirlaş işlari fotosuratlari yoki xabarlar elon qilinmagan.
Aslida tamirlaş işi bormi yoki faqat vaqt çözilyaptimi?
Test markazi faoliyati töxtatilganiga ança vaqt böldi, ammo bu orada qaysi obektda, qaysi qismda va nima sababdan tamirlaş işlari ketayapti — degan savollarga heç kim javob bermayapti.
Agar haqiqatdan ham tamirlaş işlari olib borilayotgan bölsa, bu jarayon oçiq bölişi, jamoatçilikka rasmiy malumot va fotolar taqdim etilişi kerak edi.
Ilgari ham xuddi şunday holat bölga
Eslatib ötamiz, avvalgi yil ham Xorazmda şu kabi bahona bilan imtihonlar vaqtinça töxtatilgan, ammo keyin malum bölişiça, tamirlaş işlari haqidagi malumotlar aslida töliq yoki haqqoniy bölmagan.
Jamoatçilik şaffoflikni talab qilmoqda
Fuqarolarning fikriça, bu kabi markazlar — aholi bilan bevosita işlaydigan, har kuni yuzlab inson huquqiga daxldor tizimlar hisoblanadi. Şu sababli ulardagi har bir özgariş, tamirlaş yoki vaqtinça töxtaş holati oçiq va asosli malumot bilan izohlanişi şart.
“Bu faqat texnik sabab emas, odamlar işonçini yöqotmaslik masalasi. Axborot oçiq bölişi kerak”, — deydi mahalliy fuqarolardan biri.
Hozirça tegişli idoralar tomonidan heç qanday rasmiy munosabat bildirilmagan.
#Xorazm #Prava #Imtihon #TestMarkazi #TanqidiyMaqola #Şaffoflik #JamoatçilikTalabi