Boğotda piyodalar yöli yöqolgan: “Qulonqaraboğ” aholisi hayoti xavf ostida — bu holat uçun kim javob beradi?
14-10-2025, 14:02
377 марта
Boğotda piyodalar yöli yöqolgan: “Qulonqaraboğ” aholisi hayoti xavf ostida — bu holat uçun kim javob beradi?Xorazm viloyati Boğot tumanidagi Qulonqaraboğ qişloği aholisi bir neça oydan buyon bir muammoga duç kelmoqda — piyodalar uçun maxsus yölak, yani trotuar umuman yöq. Bu holat nafaqat aholining kundalik hayotini qiyinlaştirmoqda, balki ularning xavfsizligiga ham jiddiy tahdid solmoqda.
Yölda faqat haydovçilar uçun qulaylik yaratilgan, ammo piyodalar uçun yöl çetida yuriş hayot-mamot masalasiga aylanib qolgan.
“Piyodalar odam emasmi?” — adolat talab qilgan sörov
Aholi fikriça, hozirgi yöl holatida bolalar maktabga, keksalar bozorga, ayollar iş yoki şifokor qabullariga boriş uçun majbur ravişda avtomaşinalar qatnovi içida yurişga majbur bölmoqda.
Bu esa har kuni yuz berişi mumkin bölgan baxtsiz hodisalar xavfini oşirmoqda.
“Har kuni yöldan ötiş — jon bilan kuraşdek. Maşinalar tez yuradi, piyodalar uçun joy yöq. Nima uçun haydovçilar uçun şaroit boru, piyodalar odam emasmi?”
— deydi mahalliy fuqarolardan biri.
Piyodalar yölagi örniga — toşzor!
Qişloq aholisi aytişiça, ayrim joylarda piyodalar yuradigan qismga mayda va katta toşlar taşlab çiqilgan.
Bu nafaqat yölni noqulay, balki xavfli qilib qöygan.
Keksa yoşdagi fuqarolar, bolalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun bu toşlar orqali yuriş amrimahol. Ayrim joylarda toşlar baland bölib, odamlar yöl çetidan çiqolmay, maşinalar qatnoviga kirib ketmoqda.
“Yöl çetida trotuar degani yöq, bor bölsa ham mayda va katta toşlar bilan tölgan. Har qadamda yiqiliş yoki maşinaning oldiga çiqib qoliş xavfi bor”,
— deydi qişloq ayoli.
“Yöl quriş” faqat haydovçilar uçunmi?
Sönggi yillarda Boğot tumanida köplab yöllar yangilandi, lekin piyodalar xavfsizligi masalasi etibordan çetda qolmoqda. Yöllar asfaltlangan, ammo trotuar yöq, çuqurlar töldirilmagan, toşlar yiğilmagan.
Bu holatda “yöl qurdik” degan söz faqat transport uçungina töğri keladi. Inson uçun yöl quriş — haqiqiy qurilişning mezonidir.
Masullar qayerda?Bu holat uçun javobgarlik tuman hokimligi, avtomobil yöllari bölimi, va YHXB (Yöl harakati xavfsizligi bölimi) zimmasida. Ammo hozirça ulardan birortasi bu holat böyiça oçiq munosabat bildirgani yöq.
“Bu muammo haqida bir neça marta aytdik, mahalla orqali ham murojaat qildik. Lekin natija yöq. Har gal vada beriladi, ammo toşlar hamon joyida, piyodalar yöli ham yöq,”
— deydi mahalliy fuqaro.
Masuliyat va vijdon
Xorazmda yöl qurilişiga milliardlab sömlar sarflanmoqda, lekin natija odamlar hayotiga tasir qilmayotgan bölsa — bu mablağ emas, vijdon masalasidir.
Piyodalar uçun yöl quriş faqat quriliş emas — inson hayotini asraşdir.
“Qulonqaraboğ” aholisiga ham şunday haq bor. Ular yölda emas, xavfsiz trotuarda yurişni xohlaydi.
“XorazmBugun” fikri:Xorazmda yöllar qurilayotgan bölsa ham, piyodalar yöli qurilmayapti.
Bu — etiborsizlikning emas, behurmatlikning natijasi.
Hokimlik va masul idoralar bu holatga zudlik bilan munosabat bildirişi va amaliy çora körişi lozim.
Çunki piyodalar ham odam.
Piyodalar ham Xorazm aholisi.
Piyodalar ham hayot haqida gapirişga haqli.