“Gilamlar jilosi – 2025”: Xalqaro körgazma-festivali Xivani gilam sanati markaziga aylantirdi
20-10-2025, 07:34
211 марта
“Gilamlar jilosi – 2025”: Xalqaro körgazma-festivali Xivani gilam sanati markaziga aylantirdiKeça Xiva şahridagi “Arda Xiva” turizm majmuasida “Gilamlar jilosi – 2025” nomli xalqaro körgazma-festival bölib ötmoqda.
Tadbirda Özbekistonning barça viloyatlaridan taşqari, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston va Ozarbayjondan kelgan hunarmandlar hamda dizaynerlar özlarining betakror mahsulotlarini namoyiş etmoqdalar.
Festivaldan közlangan asosiy maqsad — ming yillik tarixga ega gilam töqiş sanatini, milliy naqş va bezaklarning ramziy manosini hamda ularning zamonaviy dizayn bilan uyğunlaşuvini keng jamoatçilikka namoyiş etişdir.
Festival doirasida turli viloyatlarga xos gilamlar körgazmasi, qöl mehnati bilan töqilgan tabiiy böyoqli gilamlar namoyişi, madaniy dasturlar, kuy-qöşiqlar va xalq raqslari taşkil etilgan. Şuningdek, “Gilam tariximiz va bugunimiz” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya ham ötkazilmoqda.
Tadbir davomida milliy suvenirlar va xalq amaliy sanati mahsulotlari yarmarkasi ham mehmonlar diqqatiga taqdim etilmoqda.
“Gilamlar jilosi – 2025” festivali nafaqat milliy hunarmandçilikni tarğib etadi, balki tarix va zamonaviylikni uyğunlaştirgan yangi madaniy ananani şakllantirişga xizmat qilmoqda.


