Urganç dehqon bozorida sanitariya ahvoli taşvişli holatda
9-11-2025, 14:49
390 марта
Urganç dehqon bozorida sanitariya ahvoli taşvişli holatdaUrganç şahar dehqon bozori içida çiqindi suv oqib ketadigan quvurda muammolar borligi kuzatilmoqda. Natijada bozor içidagi ayrim joylarda suv töplanib qolgan, ayniqsa mevalar va sabzavotlar sotiladigan dökon atrofida tadbirkorlar suv içida savdo qilişga majbur bölmoqda.
Savdo jarayonida bu nafaqat tadbirkorlar uçun, balki mijozlar uçun ham noqulaylik tuğdirayotgani ayon. Aytişlariça, bozor mamuriyati bu holatni körib tursa-da, haligaça aniq çora körilmagan.Holbuki, hali yomğir yoğmagan, qişda qor yoğişi bilan bu muammo yanada oğirlaşişi aniq. Çiqindi suvlar oqavalmay töplanib qolsa, bu sanitariya talablariga zid bölib, atrofda noxuş hid va infektsiya tarqalişi xavfini ham keltirib çiqaradi.


Şuningdek, bozor hududidagi ayrim kafelar singan holda qolgani kuzatilmoqda. Bu joylar yopilmagani bois, u yerga bolalar yoki kattalar tuşib ketişi xavfi ham yöq emas.
Aholi va tadbirkorlar bu holat böyiça masul idoralardan tezroq çora körişlarini, bozor içidagi sanitariya va xavfsizlik holatini yaxşilaşlarini söraşmoqda.
Xorazmbugun.uz — vaziyatni kuzatişda davom etadi.