Urganç tumani Qipçoq mahallasi kiriş qismiga svetofor örnatiş — keçiktirib bölmaydigan ehtiyoj
15-11-2025, 22:26
397 марта
Urganç tumani Qipçoq mahallasi kiriş qismiga svetofor örnatiş — keçiktirib bölmaydigan ehtiyojUrganç tumanida joylaşgan Qipçoq mahallasining kiriş-çiqiş qismida yöl harakati bilan boğliq jiddiy muammo yillar davomida aholi uçun asorat bölib kelmoqda. Mahallaga kiriş va çiqiş jarayonida avtomobillarning harakati keskin tiğizlaşib ketadi. Sababi — asosiy yölda transport oqimi juda katta, bu yöldan esa Xorazm viloyatidan çiqib ketayotgan va boşqa hududlardan kirib kelayotgan avtomobillar doimiy ravişda harakatlanadi.
Şu bois mahalla aholisi öz uyiga kirib-çiqiş uçun asosiy yöldagi maşinalarni ötkazib keyin harakatlanişga majbur. Bu esa nafaqat qiyinçilik, balki xavfni ham oşirmoqda. Aholi aytişiça, mazkur joyda bir neça marotaba yöl-transport hodisalari sodir bölgan. Asosiy sabab — harakatni tartibga soluvçi vositaning yöqligi.
Aniq: bu hududga svetofor örnatiş zarur.
Yöl infratuzilmasini takomillaştiriş mutasaddilar uçun birlamçi vazifa bölişi kerak. Bu joydagi harakat ziçligi, aholi roppa-rosa yuzma-yuz kelayotgan qiyinçiliklar va qayd etilgan avariyalar faktlari etiborsiz qoldirilişi mumkin emas.
Qipçoq mahallasi aholisi mutasaddilardan keçiktirmay, tezkor tarzda bu nuqtada svetofor örnatiş işlarini boşlaşni sörayapti.
Aholining talabi oddiy va adolatli: xafsiz yöl, tartibli harakat va bolalar, keksalar uçun osoyişta muhit.
Masul idoralardan esa bu muammoga jiddiy yondaşib, amaliy çora köriş kutilayapti.