Urganç–Xiva yölida yirik YTH: 6 ta avtomaşina iştirok etdi
19-11-2025, 10:30
1 993 марта
Urganç–Xiva yölida yirik YTH: 6 ta avtomaşina iştirok etdiBugun ertalab soat 09:00 larda Urganç–Xiva yölida bir-biriga ulangan holda 6 ta avtomaşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi. Dastlabki malumotlarga köra, 3 ta Cobalt, 2 ta Tracker hamda yana bir Tracker avtomaşinalari töqnaşgan.
Guvohlarning aytişiça, hodisa yöldagi qattiq tirbandlik va haydovçilar tomonidan oraliq masofaga rioya qilinmagani sabab sodir bölgan. Sönggi kunlarda mazkur yöl uçastkasida tirbandliklar odatiy holatga aylanib borayotgani va natijada YTHlar soni ham köpaygani takidlanmoqda.
🔹 Hodisa joyiga tegişli xizmatlar yetib borgan. Tibbiy va huquqni muhofaza qiliş organlari tomonidan zarur çoralar körilmoqda. Hozirça jabrlanuvçilar yoki halok bölganlar haqida rasmiy malumot berilmagan.
Mutaxassislar haydovçilarni quyidagilarga çaqirmoqda:
- Yöl harakati qoidalariga qatiy amal qiliş;
- Tirbandlikda harakatlanganda oraliq masofani saqlaş;
- Etiborni çalğitmasdan harakatlaniş;
- Yöl şaroitiga mos tezlikni tanlaş.
Eslatib ötamiz, oraliq masofa saqlanmagan har bir holat bir neçta avtomaşinaning töqnaşuviga olib kelişi mumkin.
