USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

XORAZMDA 8 TONNALIK OŞ TAYYoRLANMOQDA: ISROFGARÇILIKMI YoKI TAŞABBUS?

1 599 марта
XORAZMDA 8 TONNALIK OŞ TAYYoRLANMOQDA: ISROFGARÇILIKMI YoKI TAŞABBUS?

Xorazm viloyati Xiva şahrida joylaşgan “Arda Khiva” majmuasi hududiga keça ulkan qozon olib kelindi. Taşkilotçilar malumotiga köra, uşbu qozonda taxminan 8 tonnaga yaqin oş tayyorlaş rejalaştirilmoqda.

Hozirgi paytda “Arda Khiva” majmuasida bu oş qaysi munosabat bilan, qanday maqsadda tayyorlanayotgani yuzasidan malumotlar töplanmoqda. Rasmiy manbalar tomonidan tadbirning maqsadi, kölami va moliyalaştiriş manbalari haqida hali oçiq malumot berilgani yöq.


Mazkur loyiha maxalliy aholi va ijtimoiy tarmoqlarda turli fikr-mulohazalarga sabab bölmoqda. Ayrimlar bunday katta kölamdagi taom tayyorlaşni turistlar uçun PR-loyiha yoki xayriya tadbiri sifatida qöllab-quvvatlamoqda. Boşqalar esa savol qöymoqda:

— Bu isrofgarçilik emasmi?
— Bu ketadigan pulga boşqa foydali işlarni amalga oşirsa bölmaydimi?

Agar tadbir doirasida tayyorlanadigan oşning malum qismi ehtiyojmand oilalarga, kam taminlangan fuqarolarga yoki ijtimoiy muassasalarga tarqatilsa, bunday taşabbus ijobiy qadam sifatida baholanişi mumkin. Ammo faqat rekord örnatiş yoki reklama maqsadida taşkil etilgani malum bölsa, jamoatçilik tomonidan tanqidlar kuçayişi ehtimoldan xoli emas.

“Xorazm Bugun” tahririyati tadbir taşkilotçilari va mutasaddi idoralarga rasmiy sörov yubordi. Qöşimça malumotlar olingani sari saytimiz orqali yoritib boramiz.

Изоҳ қолдириш

    • Мархабо 21 Noyabr 2025 17:19
      Би лавозимда утиргонлони ичи кисоди, конни дук бн корни очни ниши бор дагани би, б факат "Хоразмда шуннин палов пиширибдила" даб телезорда чикишни узларини махтоб, аяр кам таьминланганлара таркатиш ният булганда хар махаллая пул ожротиб эхтиёжманд оилалара паловни харожати торкотилор ади, дм кунглим колди би янги Узбекистаннон, дипломим бор уз юртимда хор булмосман даб касаллигим сабаб Россиядан кайтиб галвадим ина 2 йилдон утди лк хеч бир жойда иш бармадила, куп бди берда амас акансиз даб хар хил бохоно топиб, бир жойлоро 500-700 доллар суродило, бир жойлоро иш суроб боргонимдо директорлари ёлгиз аканимни билиб бошкача муомала килдило, шуннон кн 3 маротаба обл хоким Ж. Рахимов кабулино бордим еч ничик фойда йук, порталга телефон килдим еч ничик фойда йук, уйсиз, ишсиз, квартирада зурго гун гурамиз, углим мактаб укувчиси, уй олиш учун ишлащим гарак инди согликим дугри галмасам енам шу Россияга гетишдан бошка чорам йук
    • Sherzod 21 Noyabr 2025 22:02
      Isrofgarchilik buning o'rniga yo'llarni remont qilsalar bo'lardi

Мавзуга алоқадор: