Qumlar bağrida saqlangan ming yillik siri: Qalalarga sayohat
6-12-2025, 13:33
725 марта
Qumlar bağrida saqlangan ming yillik siri: Qalalarga sayohatQoraqalpoğiston va Xorazm hududlarida şunday maskanlar borki, u yerga borgan odam özini göyo vaqt bilan yuzma-yuz kelgandek his qiladi. Qumlar qöynida joylaşgan Qizilqala, Ayozqala va Tuproqqala — şunçaki tarixiy yodgorlik emas, balki ming yillik tsivilizatsiya, jasorat va davlatçilik ramzidir.
Ayozqala — sahro uzra balandlikdan qarab turgan sukut qasri. Bu yerda şamol ovozi ham boşqaça eşitiladi. Har bir devor, har bir toş ötmişdan qolgan tirik guvohdek tuyuladi.
Qizilqala quyoş botişida yanada sirli tus oladi. Asrlar davomida qum bağrida turarkan, u qança zamonlarni, qança taqdirlarni körganini göyo sukut bilan sözlab beradi.
Tuproqqala esa Xorazm davlatçiligi tarixining timsoli sifatida alohida ahamiyatga ega. Bu yerda şohlar yurgan, qarorlar qabul qilingan, tarix yaralgan. Bu devorlarda xalq taqdiri aks sado beradi.


Bu qalalarga boriş — oddiy sayohat emas. Bu — öz ildizingni, öz tarixingni qayta kaşf etişdir. Qumlar içidagi sukunat insonni öyga toldiradi, qalbga oğir-bosiqlik baxş etadi.Qoraqalpoğiston va Xorazm qalalari — bu şunçaki turistik manzil emas. Bu — millat xotirasi, asrlarga teng saboq va hayot maktabi.