1 oktyabrda maktab öqituvçilari qança mukofot oladi?
13-09-2025, 20:31
798 марта

1 oktyabrda maktab öqituvçilari qança mukofot oladi?
Ijtimoiy tarmoqlarda maktab öqituvçilari “1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni”munosabati bilan 953 ming sömdan mukofotlanişi böyiça xabarlar tarqalmoqda. Huquqşunos Xuşnudbek Xudoyberdiyev uşbu xabarlarga izoh berdi.Notöğri talqin
Mazkur xabar qisman notöğri. Buni tarqatayotganlar Prezident farmonidagi kiçik, lekin öta muhim joyini notöğri talqin qilişgan.
Xabarlarda aytilganidek, darhaqiqat, 2025 yil 19 martdagi PF–51-son Prezident Farmoni bilan umumtalim muassasalarining Direktor jamğarmasidan foydalaniş tartibiga özgartiriş kiritildi. Yangi özgarişga köra, “1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan xodimlarni mukofotlaş miqdori mehnatga haq tölaşning eng kam miqdorining 75 foizigaça etib belgilandi. Avval mukofotlaş miqdori 50 foizni taşkil etgan edi.
Yangi özgarişdagi -gaça qöşimçasi maksimal çegarani anglatadi, lekin bu hamma xodimlar 75% mukofot oladi, degani emas. Qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilişi mumkin.
Mukofot miqdori nimaga asoslanib belgilanadi?
Mukofot miqdori mukofotlaş davrida Direktor jamğarmasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib çiqib, uning joriy moliya yilidagi mavjud mablağlari doirasida belgilanadi. Jaydari tilda aytganda, Direktor jamğarmasida qança pul borligiga qarab, mukofot miqdorlari farq qiladi, barça maktabda öqituvçilar bir xil mukofot olmasligi mumkin.
Mukofotning eng maksimal miqdori MHTEKM 75 foizigaça, yani 953 ming 250 söm böladi, bundan köp mukofot beriş mumkin emas, lekin moliyaviy imkoniyati bölmasa, bundan kam beriş mumkin.
Bu muhim: bayram munosabati bilan mukofot faqat öqituvçilarga emas, balki barça xodimlarga beriladi. Yani rahbar va texnik-xizmat körsatuvçi xodimlar ham mukofot oladi, deb yozadi huquqşunos.