Urgançda kutilmagan qahramon: GAZ sizib çiqişini töxtatgan işçi hammani öziga qaratdi
12-12-2025, 09:27
1 298 марта
Urgançda kutilmagan qahramon: GAZ sizib çiqişini töxtatgan işçi hammani öziga qaratdiXorazmdagi gaz zapravkalaridan birida yuz berişi mumkin bölgan jiddiy holatni bartaraf etgan işçi haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab böldi.
Malumotlarga köra, Urgançdagi zapravkalardan birida «Cobalt» avtomobilining gaz ballonida texnik nosozlik kelib çiqqan. Natijada avtoulovdan xavfli darajada gaz sizib çiqiş boşlangan. Guvohlarning aytişiça, gaz çiqişini körgan fuqarolar xavfdan qoçib ketgan, çunki bu holat har daqiqada portlaşga aylanişi mumkin edi.
Biroq şu yerda işlab kelayotgan xodim vaziyatni körgaç, bir lahza ham öylanmay, juda xavfli bölişiga qaramay, gaz sizib çiqişining oldini oliş uçun harakatga tuşgan. U maxsus uskunalar yordamida holatni tezda nazoratga olib, gaz oqişini töxtatgan va ehtimoliy fojianing oldini olgan.
Videoni tarqatgan fuqaro işçining ismi oşkor qilinmaganini, ammo u 1,5 yildan beri uşbu zapravkada mehnat qilib kelayotganini takidlagan.
Hodisa ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Foydalanuvçilar işçining jasoratini yuqori baholab, uni haqiqiy qahramon sifatida etirof etmoqda.
Mutasaddilar tomonidan hodisa yuzasidan qöşimça malumotlar berilişi kutilmoqda.