USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xivadagi “Oş festivali”: 9 tonna palov kim uçun tayyorlandi?

1 266 марта
Xivadagi “Oş festivali”: 9 tonna palov kim uçun tayyorlandi?

Keça Xorazm viloyatining Xiva şahrida navbatdagi “Oş festivali” bölib ötdi. Tadbir oldindan katta tarğib qilindi, ommaga elon qilindi, ammo eng qiziği — tayyorlangan ulkan palovga oddiy xalq yaqinlaşişning özi qiyin böldi. Şu bois köpçilikda tabiiy savol tuğildi: bu palov aslida kim uçun tayyorlandi?

9 tonna palov — xalq mablaği qayerga ketdi?
Festival haqidagi xabarlar tarqalgan paytdayoq ayrim fuqarolar tomonidan tanqidiy fikrlar bildirilgan edi. 9 tonna palov tayyorlaş uçun sarflangan mablağ, resurs va mehnatni hisobga olsak, köpçilikda bir savol paydo böladi: şu mablağni boşqa dolzarb muammolarga yönaltirsa bölmasmidi?

Yöllar, içimlik suvi, talim, tibbiyot, yoki aholi uçun zarur infratuzilmalar — bularning barçasi hali ham yeçim kutayotgan masalalar. Festival esa, afsuski, bu muammolarni bir kunga bölsa ham çetga surib qöydi.


Olamon yiğildi, ammo palovga yaqinlaşiş muşkul böldi

Tadbirga katta odamlar oqimi kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda odamlarning içkariga kira olmayotgani, tösiqlar ortida qolib ketgani yaqqol körinadi. Köpçilikning fikriga köra, bu holat har yili takrorlanadi: festival bor, ammo undan xalqning foydasi kam.

Odamlar “uyida palov yemagandek” yiğilgani haqidagi hazilomuz fikrlar ham tarqaldi, ammo bu hazil ostida jiddiy norozilik yotadi.

Festival turizmni rivojlantiradimi?
Tadbir taşkilotçilari bunday festivallar turizmni rivojlantirişini takidlaydi. Lekin savol tuğiladi: ovqat yeyiş uçun boşqa mamlakatdan turist keladimi?

Albatta, milliy taomlar — madaniyatimizning bir qismi. Lekin turizm faqat ovqat bilan emas, balki infratuzilma, servis, qulaylik va madaniy dasturlar bilan rivojlanadi. Bir neça soatlik palov tarqatiş orqali katta iqtisodiy foyda kutiş — real natija emas.

Ikki soatlik qörin töyişi nima beradi?
Festivalning eng asosiy savoli şunda: bu ikki soatlik qörin töyişi xalq hayotini yaxşilaydimi?

Afsuski, javob köpçilik uçun aniq: yöq. Faqat bir kunlik şov-şuv, bir neça videorolik va ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalar. Xalq esa yana öz muammolari bilan yolğiz qoladi.

Xivadagi “Oş festivali” yana bir bor körsatdiki, ommaviy tadbirlar taşkil etişda eng muhim narsa — xalq manfaati va şaffoflik. 9 tonna palov tayyorlaş orqali emas, balki aholining kundalik muammolariga yeçim topiş orqali haqiqiy rivojlanişga erişiladi.

Festival ötdi, odamlar tarqaldi, videolar esa tarmoqlarda qoldi. Lekin savol hamon oçiq: bu palov kim uçun tayyorlandi?

Изоҳ қолдириш

    • Отохон 15 Dekabr 2025 13:01
      Бу тадбир Ким учун эди.халк киргазилиаса нега блогерлар хаммани таклиф килди..буни ташкиллаштришга канча кетди каердан кетди ..агар бундай буладиган булса омавий реклама нимага керак эди ..буни ими жимида рекломасиз килсаларинг булмасмиди борганлар куришга борган чикишлар булган шунга боришган лекин киргазилмаган ..хайфсан кулларингдан келмаса килмаларинг илтимос
    • .. 16 Dekabr 2025 11:03
      Xalqni chalgitish uchun oylab topilgan propaganda xammasi avvalam 8tonna palob bn recordlar kitobina giryan adila xalqni miyasini chalgitish xammasi
    • Толкин 16 Dekabr 2025 11:04
      сиз борип шу соволни паловни пиширйана баршингиз гарак ади сизни сарлавхам шу половчилони ишинде иш болибити

Мавзуга алоқадор: