Yangibozor tumanidagi olis «Katli» mahallasi bolajonlari uçun «Aqlvoy» avtobusi yölga çiqdi
28-12-2025, 13:09
155 марта
Yangibozor tumanidagi olis «Katli» mahallasi bolajonlari uçun «Aqlvoy» avtobusi yölga çiqdiXorazm viloyati, Yangibozor tumanining olis hududida joylaşgan «Katli» mahallasida istiqomat qiluvçi bolajonlarni maktabgaça talim bilan qamrab oliş maqsadida maxsus «Aqlvoy» avtobusi yetkazib berildi.
Mazkur avtobus orqali maktabgaça talim muassasalariga boriş imkoniyati çeklangan, olis hududda yaşovçi bolalar uçun talim-tarbiya jarayonlarini taşkil etiş közda tutilgan. «Aqlvoy» avtobusi zamonaviy öquv vositalari, bolalar uçun möljallangan didaktik materiallar va xavfsizlik talablariga javob beradigan jihozlar bilan taminlangan.
Loyiha doirasida malakali tarbiyaçi va pedagoglar tomonidan bolalarga dastlabki talim, ijodiy maşğulotlar hamda rivojlantiruvçi öyinlar ötkaziladi. Bu esa bolajonlarning erta yoşdan bilim olişi, ijtimoiy moslaşuvi va maktab talimiga tayyorgarligini oşirişga xizmat qiladi.
Mazkur taşabbus olis mahallalarda yaşovçi bolalarni maktabgaça talim bilan qamrab oliş darajasini oşiriş, talimda teng imkoniyatlar yaratiş hamda bolalar kelajagiga mustahkam poydevor qöyişga qaratilgan.