Xorazmda 1 kg palov tayyorlaş qançaga tuşadi?
3-01-2026, 00:22
519 марта
Xorazmda 1 kg palov tayyorlaş qançaga tuşadi?Milliy statistika qömitasi 2025 yil dekabr oyi holatiga köra 1 kilogramm palov tayyorlaşning hududlar kesimidagi hisoblangan qiymatlarini elon qildi.
Qömita malumotlariga köra, Xorazm viloyatida 1 kilogramm palov tayyorlaş qiymati örtaça 106,5 ming sömni taşkil etgan. Bu körsatkiç respublika böyiça örtaça narxlar qatorida baholanmoqda.
Takidlanişiça, mazkur hisob-kitoblar 1 kilogramm palov tayyorlaş uçun zarur bölgan asosiy mahsulotlar narxlari asosida şakllantirilgan. Xususan, 1 kg palov uçun quyidagi mahsulotlar talab etiladi:
- kungaboqar yoği — 0,3 litr;
- piyoz — 300 gramm;
- mol göşti — 700 gramm;
- sabzi — 1 kilogramm;
- guruç — 1 kilogramm;
- nöxat — 100 gramm;
- zira — 10 gramm;
- oş tuzi — 20 gramm.
Malumot örnida, palov Özbekistonda eng ommabop taomlardan biri hisoblanib, uning tayyorlaş qiymati aholi istemol bozoridagi narxlar özgarişini aks ettiruvçi muhim körsatkiçlardan biri sanaladi.