Yangiariq tumanida kuzgi don ekinlaridan yuqori hosil oliş böyiça öquv seminari ötkazildi
4-01-2026, 19:57
179 марта
Yangiariq tumanida kuzgi don ekinlaridan yuqori hosil oliş böyiça öquv seminari ötkazildiYangiariq tumanida kuzgi boşoqli don ekinlaridan yuqori va sifatli hosil yetiştirişga qaratilgan öquv seminari taşkil etildi.
Mazkur tadbirda Xorazm viloyati hokimining örinbosari Öktam Maşaripov, qişloq xöjaligi sohasiga oid mutasaddi taşkilotlar vakillari, tajribali agronomlar, şuningdek, tuman fermer xöjaliklari rahbarlari iştirok etdilar.
Seminar davomida kuzgi boşoqli don ekinlarini agrotexnik talablar asosida parvarişlaş, hosildorlikni oşiriş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş hamda ilğor tajribalarni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan yer unumdorligini saqlaş, mineral öğitlardan oqilona foydalaniş, suğoriş rejimini töğri taşkil etiş böyiça atrofliça tuşuntirişlar berildi.
Şuningdek, seminar yakunida fermerlarga amaliy tavsiyalar taqdim etildi, ularni qiziqtirgan savollarga sohaning yetuk mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.
Tadbir qişloq xöjaligida yuqori hosildorlikka erişiş, fermerlarning bilim va tajribasini yanada oşirişda muhim ahamiyat kasb etdi.







