Xorazmda Telegram orqali zararli APK tarqatib, fuqarolarning pulini özlaştirgan şaxs uşlandi
7-01-2026, 21:27
621 марта

Xorazmda Telegram orqali zararli APK tarqatib, fuqarolarning pulini özlaştirgan şaxs uşlandi
Xorazmda Telegram orqali zararli APK fayllar tarqatib, fuqarolarning pulini özlaştirgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar qildi.Gurlan tumanida yaşovçi fuqaro Telegram messenjerida AQŞ va Özbekiston raqamlariga oçilgan turli akkauntlardan foydalanib, Android tizimi uçun möljallangan APK kengaytmali zararli dasturlarni tarqatib kelgan.
Uşbu virusli ilovalar orqali fuqarolarning mobil telefonlaridagi bank plastik kartalariga oid maxfiy malumotlar, jumladan, SMS kodlar masofadan turib qölga kiritilgan. Keyinçalik olingan malumotlar bukmekerlik ilovalari orqali işlatilib, bank kartalardagi pul mablağlar yeçib olingan.
Aniqlanişiça, jinoiy yöl bilan olingan mablağlar stavkalar tikiş orqali yutuq puli sifatida özlaştirilib, keyinçalik kriptovalyutaga aylantirilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uşbu jinoiy harakatlar natijasida 157 nafar fuqaroga jami 631 million sömdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan. Şuningdek, gumonlanuvçi öz nomiga va foydalanib kelayotgan mobil SIM kartalariga jami 39 ta bank plastik kartasini ulab, ular orqali kriptobot, Bitget va Binance ilovalari yordamida qariyb 7 milliard sömlik kriptovalyuta savdosini amalga oşirgani ham malum böldi.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan jabrlangan fuqarolar röyxati şakllantiriş va jinoyatga aloqador boşqa şaxslarni ham topiş maqsadida tezkor qidiruv hamda texnik tadbirlar davom ettirilmoqda.