Telegram’da soxta sahifalar orqali odamlarni çuv tuşurganlar qamaldi
7-01-2026, 13:29
294 марта

Telegram’da soxta sahifalar orqali odamlarni çuv tuşurganlar qamaldi
Ijtimoiy tarmoqlar orqali Bojxona qömitasi nomidan soxta sahifalar oçib, fuqarolarning pullarini özlaştirib kelgan jinoiy guruh qölga olindi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, viloyatda ötkazilgan tezkor tadbir davomida Telegram va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida Özbekiston Davlat bojxona qömitasi nomidan soxta kanal va guruhlar oçib, fuqarolarning pul mablağlarini özlaştirib kelgan jinoiy guruh foş etilib, guruh azolari qölga olingan.
Dastlabki suriştiruvlarga köra, Andijon viloyatida yaşovçi 22–25 yoşli 5 nafar şaxs joriy yil boşida jinoiy reja tuzib, Telegram va Instagram tarmoqlarida bojxona tizimi nomidan “Musodara tovarlar” va “Optom sklad” nomlari ostida kanal va guruhlar taşkil etgan. Şuningdek, guruhlarda “Bojxona qömitasi admini”, “Işonç siz bilan” kabi önga yaqin soxta akkauntlar orqali özlarini göyoki tizim xodimlari sifatida taniştirgan.
Ular maişiy texnika, muzlatkiç va televizorlar, isitiş qozonlari, oşxona va bolalar mebellari, turli gadjetlar, jumladan iPhone telefonlarining sönggi modellari hamda kiyim-keçaklarni juda arzon narxlarda taklif qilib, aslida mavjud bölmagan motoskuterlargaça yetkazib berişni vada qilgan. Tölovlarning malum qismi esa özgalarning nomiga rasmiylaştirilgan bank kartalar orqali qabul qilingan.
Oqibatda jinoiy guruh azolari dastlabki tergovga qadar jami 60 nafar fuqaroning işonçiga kirib, firibgarlik yöli bilan 117 million söm pul mablağlari özlaştirgan va pullarni şaxsiy ehtiyojlari uçun sarflan yuborgan. Mahsulotni talab qilgan yoki qayta aloqaga çiqqan jabrlanuvçilar esa javobsiz qoldirilib, ijtimoiy tarmoqlarda “qora röyxat”ga kiritilgan.
Mazkur holat yuzasidan guruh azolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” va “g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, “qamoq” ehtiyot çorasi qöllanilgan.