Xonqa tumanida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida keng qamrovli tadbir ötkazildi
2-02-2026, 21:32
133 марта
Xonqa tumanida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida keng qamrovli tadbir ötkazildiXonqa tumanida “Ijtimoiy profilaktika haftaligi” doirasida aholi örtasida huquqbuzarliklarning oldini oliş, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini mustahkamlaş hamda ular uçun qöşimça qulayliklar yaratişga qaratilgan keng qamrovli tadbir taşkil etildi.
Tadbir doirasida böş iş örinlari mehnat yarmarkasi ötkazilib, iş izlayotgan fuqarolarga mavjud vakansiyalar böyiça malumotlar taqdim etildi. Şuningdek, aholi uçun bepul tibbiy köriklar taşkil qilinib, şifokorlar tomonidan salomatlikni mustahkamlaş böyiça zarur tavsiyalar berildi.
Bundan taşqari, yoşlar va keng jamoatçilik örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş maqsadida sport musobaqalari ötkazildi. Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan favqulodda holatlarning oldini oliş, yonğin va tabiiy ofatlar vaqtida töğri harakat qiliş böyiça amaliy tuşuntirişlar hamda tavsiyalar berildi.
Qayd etilişiça, mazkur tadbir fuqarolarning huquqiy ongini yuksaltiriş, ijtimoiy faolligini oşiriş hamda xavfsizlik madaniyatini mustahkamlaşga xizmat qildi. Şu kabi profilaktik tadbirlar tuman hududida kelgusida ham izçil davom ettirilişi belgilangan.







