Ayni paytda Xorazm köçalari ahvoli: aholi murojaatlari etiborsiz qolmoqda
9-02-2026, 12:05
610 марта
Ayni paytda Xorazm köçalari ahvoli: aholi murojaatlari etiborsiz qolmoqdaXorazm viloyatining turli hududlaridan tahririyatimizga kelib tuşayotgan murojaatlar hududlardagi içki köçalar va yöllarning ahvoli jiddiy muammoga aylanganini körsatmoqda. Yomğirli kunlari köçalar suvga tölib, quruq ob-havoda esa çang-tözon aholining kundalik hayotiga salbiy tasir körsatmoqda.
Bolalar uçun xavfli yöllar
Xonka tumani Moş tugay mahallasida joylaşgan 34-sonli davlat maktabgaça talim taşkiloti atrofidagi yöllar, şuningdek Xiva tumani Sayot qişloği Qattiboş mahallasi, Bahor nafasi köçasidagi ahvol ayni damda qoniqarsiz. Uşbu hududlarda yöllar çuqurlar va yamalar bilan qoplangan bölib, bolalar maktab va boğçaga borib-kelişda jiddiy qiynalmoqda.
Ayrim joylarda piyoda yurişning özi xavfli bölib qolgan. Ota-onalarning takidlaşiça, yomğir yoğgan kunlari bolalar oyoği loyga botib, darsga yetib borişi qiyinlaşadi, quruq kunlari esa çang sababli salomatlikka xavf tuğiladi.Keksalar va bemorlar ham qiynalmoqda
Şovot tumani Yangiobod mahallasi, Yangiobod (Nasos) köçasi, Urganç şahri Xamjihatlik MFY P. Maxmud köçasi 6-yölak, Temur Malik köçasi 32-uy atrofidagi içki yölaklar, şuningdek Oxun bobo masjidi röparasida joylaşgan Yangi asr köçasining ahvoli ham oğir.
Mahalla aholisining aytişiça, keksa fuqarolar masjidga namozga borişda, bemorlar esa tez yordam xizmati çaqirilganda jiddiy qiyinçilikka duç kelmoqda. Ayrim hollarda maxsus xizmat avtomaşinalari ham köçaga kira olmay qolmoqda.
Tuman va şaharlardan murojaatlarŞuningdek, Boğʻot tumani Boğʻzor mahallasi, Çoliş posyolkasi Komiljon Otaniyozov mahallasi Şodiyon köçasi, Xiva — Pirnoxos yöli, Urganç şahridagi 5-sonli maktab oldi hududidagi yöllar ham aholi tomonidan eng köp şikoyat qilinayotgan manzillar qatorida.
Ayrim mahallalarda “Oçiq byudjet” loyihalari kiritilgan bölsa-da, ovoz yetarli darajada yiğilmagani sababli masala oçiq qolmoqda. Şu bilan birga, fuqarolar yöllarni tamirlaş uçun ovoz berişga va jamoaviy tarzda qöllab-quvvatlaşga tayyor ekanini bildirmoqda.
Masullarga murojaat
Aholini öylantirayotgan asosiy savol şu: nega bolalar, keksalar va oddiy fuqarolar yillar davomida yöl azobini tortişi kerak? Nega içki köçalar ahvoli joyida örganilmay, muammolar yeçimsiz qolmoqda?
Tahririyat tegişli mutasaddi taşkilotlarni mazkur manzillarga çiqib, yöllar ahvolini örganişga, aholi bilan oçiq muloqot örnatib, amaliy çoralar körişga çaqirib qoladi.
Aholi murojaatlari javobsiz qolmasligi, köçalar esa xavfsiz va ravon holatga keltirilişi şart.