USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xorazm yöllari: yomğir-qordan oldingi va undan keyingi haqiqat

384 марта
Xorazm yöllari: yomğir-qordan oldingi va undan keyingi haqiqat

Xorazm yöllari göyo ikki davrga bölinib qoldi: yomğir-qorgaça va yomğir-qordan keyingi holat. Sönggi bir hafta davomida yoğgan yomğir va qor köçalarimizning “asl yuzini” oçib taşladi.

Endi nomma-nom, mahallama-mahalla sanab ötirişning özi ortiqça. Çunki sanaşga qöl barmoqlari yetmaydi. Qayoqqa qaramang — loyga botib qolgan avtomaşina yoki maktabga loy keçib borayotgan bolalar aks etgan videolarni körasiz. Bu oddiy noqulaylik emas — bu tizimli muammoning belgisi.

Kameralar bor, lekin yöl yöqmi?

Bugun “rivojlanyapmiz” deymiz. Şahar va tuman markazlariga kuzatuv kameralari örnatilmoqda. “Aqlli şahar” loyihalari haqida gapiramiz. Svetoforlar bor. Lekin yöllar-çi? Tekkis emas, yomğir yoğsa loy, qor yoğsa botqoq.

Oddiy bir savol tuğiladi: infratuzilma rejasi qayerda?

Aqlli şahar — faqat kamera va datçiklar emas. Aqlli şahar — avvalo qulay va xavfsiz yöl, suv oqib ketadigan drenaj tizimi, piyodalar uçun yölak va tartibli harakat.

Kafe bor, avtoturargoh yöq

Şaharda yangi kafe va savdo şoxobçalari oçilyapti. Bu — iqtisodiy faollik belgisi, albatta. Lekin ularning aksarida avtoturargoh yöq. Baribir ruxsat berilaveradi. Natijada transport tirbandligi, tartibsiz töxtaş va yana buzilayotgan yöl qoplamasi.

Demak, masala faqat yomğirda emas. Masala — rejalaştirişda.

Çekka qişloq emas, şaharning özi

Bu muammo faqat çekka qişloqlarga xos emas. Şaharning özida ham holat oğir. Yomğirdan keyin köçalarni suv bosadi, ayrim joylarda asfalt örnida çuqurlar paydo böladi.

Maktabga borayotgan bola loy keçib yursa, bu oddiy manzara emas — bu signal. Har bir videoda körilayotgan botqoq köça — bu savol.

Muammo tizimdami?

Savol oçiq: muammo qayerda? Nazoratdami? Loyihalaşdami? Qabul qilişdami? Yoki masuliyatda?

Yöl — şahar qiyofasi. Yöl — iqtisod. Yöl — xavfsizlik. Yöl — bolaning maktabga yetib borişi.

Yomğir va qor yöllarni buzmaydi. Ular faqat muammoni oçib beradi.

Etibor markazdagi kameralarga emas, mahallalardagi loy köçalarga qaratilsa, ehtimol haqiqiy rivojlaniş şundan boşlanar.

Изоҳ қолдириш

    • Бахрам 13 Fevral 2026 13:48
      Хоразм йулчиларида Сон бор-сифат йук,талаб бор маьсулият ва жавобгарлик йук.Хулоса узларингизда!
    • Рустам 15 Fevral 2026 11:35
      Цум олдида бепул автостоянкага рухсат бериптилар,лекин кириб чикиш жой белгиланмаган.Бир жойдан хам кирадилар хам чикадилар-мана сизга тирбанчилик.Кириш ва чикиш жойларини йул белгилари билан ажратиб болмайдими?
    • Худайберганов Фарход 97-299-82-18 16 Fevral 2026 10:54
      Уйлар олдига нима учун кичкина бог (отиз) учун ерлар ажратилган биласизларми? Хамма вакт хам давлат айбдор эмас, шу уй эгаларинда хам айб бор, сабаби уй олдидаги кичкина отиз (хоразм шевасида) ларга кор ёмгирлар суви кетиши учун берилган. Лекин уй эгалари асфальт йулдан хам баланд килиб битон ёки тупрок ташлаб асфальтга шифер суви кор ва ёмгирни кетадиган килиб куйганлар Хоразмлик 95 фоиз ахоли шундай,Яна бир мисолл: Кишлок ерларида арик солма ёп кабиларни казиб йулдан баланд килиб тупрок ташлайдилар, Хаммаси хато ёмгир корлар арик солмаларга тугридан тугри окиб кетиши учун архитекторний проект килинган

Мавзуга алоқадор: