Urganç şahar köçalarida Ramazon oyi arafasida xavfli holatlar kuzatilmoqda
15-02-2026, 22:50
2 286 марта

Urganç şahar köçalarida Ramazon oyi arafasida xavfli holatlar kuzatilmoqdaYaqin kunlarda Xorazmga muborak Ramazon oyi kirib kelişi kutilmoqda. Bu oy xalqimiz uçun ibodat, mehr-oqibat va saxovat timsoli hisoblanadi. Azaldan mavjud ananaga köra, Ramazon oyiga yaqinlaşgan sari bolalar xonadonima-xonadon yurib, «Ramazon aytiş» orqali kattalardan duo va sovğalar olişadi.
Biroq sönggi yillarda uşbu anana ayrim hududlarda xavfli tus olayotgani kuzatilmoqda. Xususan, Urganç şahar köçalarida, ayniqsa markaziy yöllar va svetofor oldilarda bolalar töxtab turgan avtomobillar orasiga oçiqçasiga yugurib çiqib, haydovçilarga «Ramazon aytişi» holatlari qayd etilmoqda.
Bu kabi vaziyatlar bolalar hayoti va salomatligi uçun juda katta xavf tuğdiradi. Svetoforda harakat qayta boşlanişi, haydovçining etibori çalğişi yoki texnik omillar oğir oqibatlarga sabab bölişi mumkin. Ayniqsa, yoş bolalar yöl harakati qoidalarini töliq anglab yetmagani bu xavfni yanada kuçaytiradi.
Mutaxassislar fikriça, bolalar xavfsizligi, eng avvalo, kattalarning masuliyatiga boğliq. Ota-onalar farzandlariga Ramazon ananalarining mazmunini töğri tuşuntirib, ularni avtomobillar harakatlanadigan hududlardan yiroqroq joylarda aytişga örgatişi zarur. Jamoatçilik ham bunday holatlarga befarq bölmasligi kerak.
Şu munosabat bilan Yöl harakati xavfsizligi xizmati inspektorlaridan Ramazon oyi arafasida va oy davomida Urganç şahri köçalarida nazorat va profilaktik tadbirlarni yanada kuçaytiriş, ayniqsa bolalar köp harakatlanadigan hududlarda xuşyorlikni oşiriş söraladi.
Ramazon — tinçlik, rahm-şafqat va ezgulik oyi. Uşbu muborak oy arafasida birorta ham bolaning hayoti xavf ostida qolmasligi uçun barçamizdan onglilik, masuliyat va huşyorlik talab etiladi.
