USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Xazoraspda “asossiz jarima” bahsi: qoida bor, lekin yöl qayerda?

435 марта
Xazoraspda “asossiz jarima” bahsi: qoida bor, lekin yöl qayerda?

Xazorasp tumanida haydovçilarni kamera orqali asossiz jarimaga tortilayotgani haqida tarqalgan video jamoatçilikda katta muhokamaga sabab böldi. Asosiy etiroz esa taniş: yölda stop-çiziq yöq, şunga qaramay jarima kelyapti.

Biroq, odatdagidek, gapning faqat yarmi aytilyapti.

Qonun nima deydi?
Özbekiston Respublikasi Yöl harakati qoidalariga köra, agar yöl belgilari yoki çiziqlar ob-havo tasiri, yölning yemirilişi yoki boşqa sabablar bilan körinmay qolgan bölsa, haydovçi yöl belgisiga amal qilişi şart.

Yani:
 • svetofor yonida “STOP” belgisi bor ekan,
 • yöldagi çiziq öçgan, qoplangan yoki umuman yöq bölsa ham,
 • haydovçi belgi oldida töxtaşi majburiy.

Çiziq yöq — qoida yöq degani emas.

Lekin endi ikkinçi tomonga ham qarasak…
Bu joyda yölning holati juda abgor:
 • asfalt öyilgan,
 • belgilarga yaqin joyda qoplama tekis emas,
 • çiziqlar yillab tiklanmagan.

Şu holatda savol tuğiladi:

Qoida bor, lekin uni bajariş uçun yaratilgan şaroit qayerda?

Qonun haydovçidan talab qiladi. Bu töğri.
Lekin şu qonun masul idoralardan ham talab qiladi:

 • yöl qoplamasini meyoriy holatda uşlaş,
 • yöl çiziqlari va belgilarni öz vaqtida tiklaş,
 • harakat xavfsizligini taminlaş.

 Kamera bor — yöl şart emasmi?
Ajablanarlisi şundaki:
 • kamera işlayapti,
 • jarima kelyapti,
 • lekin yöl tamiri esa yillab kutilayapti.

Yani tizim işlayapti, ammo faqat jazolaş qismi.

Şunday ekan, kesatib aytganda:

Kameraga mablağ topildi, ammo asfaltga kelganda mablağ tugadimi?

Xulosa
Bu masalada:
 • haydovçi qoidani bilişi va unga amal qilişi şart,
 • masul taşkilotlar esa yölni abgor holatda qoldirib, keyin jarima talab qilişdan oldin oyna oldiga qarab olişi kerak.

Çunki adolat faqat jarima bilan emas,
sifatli yöl bilan ham ölçanadi.

Savol oçiq qoladi:

Qoidaga amal qilmagani uçun jazolayapmizmi yoki qoidaga şaroit yaratmaganimiz uçun?

Изоҳ қолдириш

    • Умирбек 22 Fevral 2026 20:11
      Ахир бу ерда иш буляпти кувур тортиляпти хали кувир тортайотган ташкилот ишинги хам тугатмаган стоп белгисига келсак светафорни тагида машиналар тулип йотипти куриш имконияти чекланган стопни хош биз шофйорларга конун ишлайди йул курувчи ташкилотга йоки бу жарима солип фойда курайотган тадбиркорга ишламайдими бу камералар качон Давлат стандартидан утган буларни хам текширадиган ташкилот борми узи
    • Saidmurod Ahmedov 22 Fevral 2026 23:42
      Assalomu aleykum juda yaxshi maqola bo'libdi menda ham huddi shunday xodisa bo'ldi aynan shu joyda yana ustiga -ustag yo'l o'rtasida bitta cobalt rusumli mashina ham to'xtab turubdi menda esa gentra rusmli mashina turgandi. O'ylashimda yo'lni o'rtasida yo'lni to'sib turgan mashinalar ham kameraga aloqadordek tuyulyapti. Shu mashina tufayli uzun palosani bosib olganman agar hohlasangiz videosini ham tashlab berishim mumkin. Tel:97-458-09-08

Мавзуга алоқадор: