Hazoraspda «körinmas çiziqlar» davri: çiziq yöq, ammo bosding deyişyapti
22-02-2026, 01:55
547 марта
Hazoraspda «körinmas çiziqlar» davri: çiziq yöq, ammo bosding deyişyapti**Hazorasp tumani**dagi holatlar tobora qiziq tus olmoqda. Yölda çiziq deyarli körinmaydi, piyodalar ötiş joyi ham öçib ketgan, kamera ham yöq. Ammo şunday şaroitda haydovçiga… «çiziqni bosding» degan mazmunda jarima kelgan.
Ayni paytda tumanning markaziy köçalarida quvur ötkaziş işlari olib borilmoqda. Yöllar kovlangan, oğdar-töntar, asfaltning öng tomoni esa deyarli obgor holatda. Tabiiyki, haydovçilar maşinasini saqlab qoliş uçun yölning nisbatan butun qismiga çiqişga majbur.
Lekin mana şu «majburiy harakat» kimgadir yoqmay qolgan körinadi. Natijada haydovçiga «çiziqni bosding» degan davo bilan jarima yuborilgan. Savol tuğiladi: qaysi çiziq? Qayerda u? Yer ostidami yoki faqat apparat xotirasidagina bormi?
Bundan ham qiziği, piyodalar ötiş joyi — maşhur «zebra» ham deyarli körinmay qolgan. Belgi yöq, çiziq yöq, ammo qoida bor, deb hisoblanadi. Demak, Hazoraspda yangi format işlayapti: qoida virtual, jarima esa real.
Videolar va voqea joyidan olingan tasvirlar yölning haqiqiy holatini yaqqol körsatib turibdi. Ammo «aqlli apparat» uçun bu ahamiyatsiz. U asfaltni emas, faqat hisob-kitobni köradi, şekilli.Şu örinda yana bir savol oçiq qoladi: yöl tamirlanib, çiziqlar qayta çizilmagunça, haydovçi qayerdan yurişi kerak? Yoki maqsad yöl tartibini emas, jarima rejasini bajarişmi?
Hazorasp haydovçilari esa hozirça bitta xulosaga kelgan: bu yöllarda çiziqni emas, sabrni bosmaslik kerak.