Xorazmda “Yangi Özbekistonning şijoatli ayollari!” forumi doirasida amaliy maşğulotlar ötkazildi
2-03-2026, 14:13
166 марта
Xorazmda “Yangi Özbekistonning şijoatli ayollari!” forumi doirasida amaliy maşğulotlar ötkazildiXorazm viloyatida “Yangi Özbekistonning şijoatli ayollari!” şiori ostida içki işlar organlari xotin-qizlarining V Respublika forumi bölib ötmoqda.
Forum doirasida iştirokçilar jangovar tayyorgarlik böyiça öz mahoratlarini namoyiş etdilar. Xususan, ular jangovar qurollardan foydalaniş, jumladan, **Makarov pistol**ni qismlarga ajratiş va qayta yiğiş hamda nişonga öq otiş böyiça amaliy maşqlarda qatnaşdilar.
Tadbir davomida iştirokçilarning kasbiy tayyorgarligi, tezkorligi va aniqligi sinovdan ötkazildi. Namoyiş etilgan könikmalar xotin-qizlarning huquq-tartibotni taminlaşdagi örni va salohiyati tobora ortib borayotganini yana bir bor körsatdi.
Forum mamlakatimizda xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning kasbiy mahoratini oşiriş va tajriba almaşişga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.




