Urgançda Ramazon munosabati bilan 100 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga 90 mln sömlik ehson tarqatildi(foto)
13-03-2026, 11:58
190 марта
Urgançda Ramazon munosabati bilan 100 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga 90 mln sömlik ehson tarqatildiUrganç şahridagi Közli Ota jome masjidida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayr-ehson tadbiri taşkil etildi. Uşbu savobli tadbir masjid imomi Hoşimjon domla va noib imomlar taşabbusi, şuningdek saxovatli homiylar kömagida ötkazildi.
11 mart kuni bölib ötgan tadbirda Urganç şahrining 13 ta mahallasidan kelgan 100 dan ortiq ehtiyojmand oilalarga yordam körsatildi. Ularga umumiy qiymati 90 million sömdan ortiq bölgan oziq-ovqat mahsulotlari va turli ehsonlar tarqatildi.
Taşkil etilgan xayr-ehson tadbiri köplab oilalarga Ramazon oyi arafasida quvonç bağişlab, ularning qalbida umid va minnatdorlik tuyğularini uyğotdi.
Tadbir yakunida yurtimizda tinçlik-osoyiştalik bardavom bölişi, xalqimiz farovonligi va mamlakatimiz ravnaqi uçun duolar qilindi.
Bu kabi xayrli işlar Ramazon oyining ezgulik, saxovat va birdamlik kabi qadriyatlarini yanada namoyon etmoqda.
















