Ramazonda Özbekistondagi 616 mingdan ortiq oilaga 422,4 mlrd söm berildi
26-02-2026, 22:58
238 марта

Ramazonda Özbekistondagi 616 mingdan ortiq oilaga 422,4 mlrd söm berildi
Joriy yil Ramazon oyida Özbekistondagi 616 mingdan ortiq ehtiyojmand oilaga 422,4 mlrd söm tölab berildi. Bu haqda Özbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.Prezidentning “Muborak Ramazon oyida ehtiyojmand aholini davlat tomonidan ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, ehtiyojmand aholini qöllab-quvvatlaş maqsadida moddiy yordam tölovlari bosqiçma-bosqiç amalga oşirilmoqda.
Qayd etilişiça, birinçi bosqiçda 616 305 ta oilaga jami 422,4 mlrd söm mablağ tölab berilgan.
Jumladan:
- 225 541 ta oilaga 1 million sömdan moddiy yordam ajratilgan, şundan:
- 207 661 ta — davlat taminotidagi oilalarga;
- 3 848 ta — yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşayotgan oilalarga;
- 17 032 ta — yolğiz yaşovçi, parvarişga muhtoj keksalar va nogironligi bölgan şaxslarga.
Ikkinçi bosqiçda esa röyxati qöşimça şakllantirilgan hamda hujjatlari örganilayotgan oilalarga moddiy yordam yönaltiriladi.
“Moddiy yordam körsatiş jarayoni şaffoflik va manzillilik tamoyillari asosida davom ettirilmoqda”, deyiladi xabarda.