Ramazonda Özbekistondagi 700 mingta oilaga moddiy yordam beriladi
17-02-2026, 18:44
117 марта

Ramazonda Özbekistondagi 700 mingta oilaga moddiy yordam beriladi
Özbekistonda Ramazon oyida 700 mingta oilaga moddiy yordam beriladi va 6 ming nafar fuqaroning davolanişi va zarur jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş bilan boğliq xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinçi örinbosari Şahnoza Mirziyoyeva özining Instagram sahifasida malum qildi.Uning bildirişiça, muborak Ramazon oyi arafasida Prezident taşabbusi bilan bugungi kunda alohida ğamxörlik va etiborga muhtoj oilalarni qöllab- quvvatlaş böyiça keng kölamli dastur yölga qöyilmoqda.
Uşbu xayrli taşabbusning ijrosi ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan taminlanadi. Mazkur taşabbus doirasida 700 mingta oilaga moddiy yordam beriladi. Şuningdek, 6 ming nafar fuqaroning davolanişi va zarur jarrohlik amaliyotlarini ötkaziş bilan boğliq xarajatlar qoplab beriladi.
“Ramazon – mehr-oqibat, saxovat va muruvvat oyidir. Uşbu muborak va uluğ ayyomda har bir oila davlatimiz etibori va kömagini his etişi hamda heç kim öz taşvişlari bilan yolğiz qolmasligi biz uçun ustuvor vazifadir. Uşbu muborak oy har bir xonadonga tinçlik, xotirjamlik va fayz-baraka olib kelsin”, deydi Şahnoza Mirziyoyeva.