Gurlan tumanida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi
17-03-2026, 18:43
299 марта
Gurlan tumanida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladiGurlan tumanini tabiiy gaz bilan taminlovçi yuqori bosimli gaz quvurida gaz sizib çiqiş holati aniqlandi. Mazkur holatni bartaraf etiş maqsadida avariya-tiklaş işlari olib borilmoqda.
Şu munosabat bilan bugun soat 18:40 dan boşlab Gurlan tumanining barça mahallalarida tabiiy gaz taminoti vaqtinça töxtatiladi.
Malum qilinişiça, avariya-tiklaş işlari töliq yakunlangaç, tabiiy gaz taminoti qayta tiklanadi.
Mutasaddilar aholidan yuzaga kelgan vaqtinçalik noqulayliklar uçun uzr sörab, fuqarolardan xavfsizlik qoidalariga amal qilişni söramoqda.