USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

UrDUda yangi tayinlov: Hikmatjon Matyoqubov xalqaro hamkorlik böyiça prorektor etib tayinlandi

693 марта
UrDUda yangi tayinlov: Hikmatjon Matyoqubov xalqaro hamkorlik böyiça prorektor etib tayinlandi

Urganç davlat universitetida yangi tayinlov amalga oşirildi. Matyoqubov Hikmatjon Şuhratoviç universitetning xalqaro hamkorlik böyiça prorektori lavozimiga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Hikmatjon Matyoqubov Urganç davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani lavozimida samarali faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Hikmatjon Şuhratoviç fizika-matematika fanlari böyiça falsafa doktori, professor hamda BZT Turon akademiyasi akademigi hisoblanadi. U ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 100 dan ortiq ilmiy va öquv-uslubiy işlar muallifi sifatida tanilgan.

Jumladan, olimning 30 ta ilmiy maqolasi naşr etilgan bölib, ularning 15 tasi yuqori impakt-faktorga ega xalqaro jurnallarda, xususan Scopus va Web of Science bazalarida indeksatsiya qilingan. Şuningdek, u 50 dan ortiq ilmiy tezislar, 2 ta darslik, 1 ta elektron darslik, 5 ta öquv qöllanma, 1 ta monografiya, 1 ta elektron öquv qöllanma, 2 ta öquv-uslubiy qöllanma hamda 1 ta uslubiy körsatma muallifi hisoblanadi.

Hikmatjon Matyoqubov bir qator xorijiy davlatlarda ilmiy stajirovkalar ötagan. Şuningdek, u 10 dan ortiq xalqaro ilmiy konferentsiyalar taşkilotçisi hamda turli xalqaro ilmiy loyihalar iştirokçisi sifatida faoliyat yuritgan.

Urganç davlat universiteti jamoasi Hikmatjon Şuhratoviçni uşbu masuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, uning yangi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Изоҳ қолдириш

    • Marjona 24 Mart 2026 19:58
      Yangi faoliyatingizda myvaffaqiyatlar tilaymiz ustoz😇
    • Yuldasheva Sevinchoy 24 Mart 2026 20:10
      Juda zoʻr domilla edi
    • Sobirova Gulida 24 Mart 2026 20:19
      Qoyil tabriklayman😊😍
    • Erkinova Zuhra 24 Mart 2026 20:41
      Xikmatjon ustoz yangi ishlaringizda muvvofoqiyatlar tilaymiz

Мавзуга алоқадор: