Sel oqibatida yopilgan yöllar tiklandi: Sulton Buvo ziyoratgohi yana ziyoratçilar uçun oçildi
9-04-2026, 13:33
381 марта
Sel oqibatida yopilgan yöllar tiklandi: Sulton Buvo ziyoratgohi yana ziyoratçilar uçun oçildiQoraqalpoğiston Respublikasida Sulton Buvo ziyoratgohi yana ziyoratçilar uçun oçildi. Bir neça kun oldin hududda kuzatilgan kuçli sel oqimi natijasida ziyoratgohga olib boruvçi yöllar suv ostida qolgan edi.
Malum qilinişiça, tabiiy ofat oqibatida yöllarda harakat vaqtinça çeklangan, ayrim hududlarda esa ötiş imkoniyati umuman yöqolgan. Bu esa ziyoratçilarning kelib-ketişiga jiddiy qiyinçilik tuğdirgan.
Tegişli taşkilotlar tomonidan olib borilgan tezkor çora-tadbirlar natijasida sel oqibatlari bartaraf etildi. Yöllar tozalanib, harakat xavfsizligi qayta tiklandi.
Bugungi kunda ziyoratgohga olib boruvçi barça yöllar oçiq bölib, ziyoratçilar uçun şaroitlar yaratilgan. Masullar fuqarolardan ehtiyotkorlikni saqlaş va ob-havo şaroitlarini inobatga olgan holda safar qilişni söramoqda.
Sulton Buvo ziyoratgohi hudud aholisi va mehmonlar orasida muqaddas maskanlardan biri hisoblanadi. Uning qayta oçilişi ziyoratçilar uçun quvonarli xabar böldi.