Xorazm viloyati hokimligi “Oçiqlik indeksi”da yana yetakçi
13-04-2026, 12:44
282 марта
Xorazm viloyati hokimligi “Oçiqlik indeksi”da yana yetakçiXorazm viloyati hokimligi oçiqlik va şaffoflik borasidagi natijalari bilan yana bir bor yetakçi ekanini tasdiqladi. Joriy yil yakunlariga köra, hokimlik “Oçiqlik indeksi”da viloyatlar orasida 1-örinni egalladi.
Malum qilinişiça, mazkur reyting PF-154-son Farmon asosida şakllantiriladi. Unga köra, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida oçiqlik darajasi 8 ta indikator va 84 ta mezon böyiça baholanadi.
Sönggi uç yil davomida Xorazm viloyati hokimligi uşbu reytingda barqaror ravişda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda. Bu yil ham viloyat hokimligi eng yuqori poğonani egalladi. Şuningdek, Jizzax viloyati hokimligi ham reytingning yuqori örinlaridan joy oldi.
Xususan, Xorazm viloyati hokimligi matbuot xizmati tomonidan oçiqlik va şaffoflikni taminlaş, ijtimoiy ahamiyatga ega axborotlarni rasmiy veb-sayt va oçiq malumotlar portallarida muntazam joylaştiriş böyiça olib borilgan işlar munosib baholandi.
Natijada, hokimlik “Oçiqlik indeksi”da 88,4 ball töplab, ötgan yilga nisbatan 5,1 ballga ösişga erişdi.
Mutaxassislar fikriça, bu kabi natijalar hududda davlat idoralarining oçiqligi, aholi bilan muloqot darajasi va axborot siyosati samaradorligi ortib borayotganini körsatadi.