URGANÇ DAVLAT UNIVERSITETINING 6 TA YÖNALIŞI XALQARO AKKREDITATsIYaDAN ÖTDI
18-04-2026, 16:18
535 марта
URGANÇ DAVLAT UNIVERSITETINING 6 TA YÖNALIŞI XALQARO AKKREDITATsIYaDAN ÖTDIAbu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida talim sifatini xalqaro standartlar asosida baholaş borasida muhim natija qayd etildi. Xususan, Germaniyaning nufuzli xalqaro akkreditatsiya taşkiloti — ASIIN bilan tuzilgan şartnomaga muvofiq, 2025 yil noyabr oyida universitetda akkreditatsiya jarayonlari amalga oşirildi.
2026 yil 17 aprel kuni ASIIN taşkiloti Akkreditatsiya komissiyasining yakuniy xulosasi elon qilindi. Unga köra, Urganç davlat universitetida tekşiruvdan ötkazilgan barça talim dasturlari ijobiy baholanib, xalqaro talablarga javob berişi tasdiqlandi.
Akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli ötgan yönalişlar quyidagilardan iborat:
60540100 — Matematika (bakalavr talim yönalişi)
60540200 — Amaliy matematika (bakalavr talim yönalişi)
60530500 — Fizika (bakalavr talim yönalişi)
70540101 — Matematika (magistratura mutaxassisligi)
70530501 — Fizika (magistratura mutaxassisligi)
70540202 — Matematik injiniring (magistratura mutaxassisligi)
Mazkur natija oliy talim tizimida amalga oşirilayotgan islohotlarning amaliy samarasi bölib, talim sifatini oşiriş, zamonaviy yondaşuvlarni joriy etiş va xalqaro standartlar asosida raqobatbardoş kadrlar tayyorlaş yölida muhim qadam hisoblanadi.
Şuningdek, uşbu yutuq universitet professor-öqituvçilari, ilmiy xodimlar va butun jamoaning samarali mehnati, izçil say-harakatlari natijasi ekani alohida takidlanmoqda.
Urganç davlat universiteti jamoasini uşbu muhim yutuq bilan tabriklaymiz.