Xorazmda qidiruvda bölgan şaxs uşlandi
20-04-2026, 11:23
2 836 марта
Xorazmda qidiruvda bölgan şaxs uşlandiXorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) hamda 228-moddasi 1-qismi (hujjatlarni qalbakilaştiriş) bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur jinoyat işi yuzasidan gumonlanuvçi sifatida jalb etilgan, 1984 yilda tuğilgan Madaminov Mirali Ilhomoviç tergov organlaridan yaşirinib yurgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida u qölga olinib, tergov hibsxonasiga joylaştirildi.
Hozirda uşbu holat yuzasidan tergov harakatlari davom etmoqda.
Hurmatli fuqarolar, agar sizga uşbu şaxs tomonidan moddiy zarar yetkazilgan bölsa, Xorazm viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasiga murojaat qilişingiz söraladi.