USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç–Şovot yölida xavf: yuk maşinalaridan tökilayotgan toşlar kimni öylantiradi?

301 марта
Urganç–Şovot yölida xavf: yuk maşinalaridan tökilayotgan toşlar kimni öylantiradi?

Xorazm viloyatidagi Urganç–Şovot avtomobil yölida harakatlanayotgan yuk taşuvçi avtomobillar bilan boğliq muammo kundan-kunga jiddiy tus olmoqda. Oğir yuk ortilgan ayrim yuk maşinalari belgilangan qoidalarga amal qilmasdan harakatlanayotgani oqibatida yölga şağal va toşlar tökilib, boşqa transport vositalariga zarar yetkazmoqda.

Guvohlarning aytişiça, ayniqsa quriliş materiallari taşiyotgan yuk maşinalari usti yopilmagan holda yoki ortiqça yuk bilan yölga çiqmoqda. Natijada harakat vaqtida yuklarning bir qismi yölga tuşib qolmoqda. Bu esa ortdan kelayotgan avtomobillar uçun jiddiy xavf tuğdirib, oyna sinşi, kuzovlar şikastlanişi kabi holatlarni keltirib çiqarmoqda.

Haydovçilar bu muammodan norozi. Ularning takidlaşiça, yölda tökilgan toşlar nafaqat avtomobillarga zarar yetkazmoqda, balki yöl-transport hodisalari xavfini ham oşirmoqda. Ayrim holatlarda haydovçilar tösatdan paydo bölgan toşlardan qoçişga urinib, boşqaruvni yöqotişlari mumkin.

Afsuski, uşbu vaziyatga masul taşkilotlar tomonidan yetarli darajada etibor qaratilmayotgani aytilmoqda. Yöl harakati xavfsizligini taminlaş hamda yuk taşiş qoidalariga rioya etilişini nazorat qiluvçi idoralar tomonidan muntazam reydlar ötkazilmayotgani, qoidabuzarlarga nisbatan keskin çoralar körilmayotgani muammoning ildizini yanada çuqurlaştirmoqda.

Mutaxassislar takidlaşiça, yuk taşişda xavfsizlik talablariga amal qiliş — bu nafaqat qonuniy majburiyat, balki inson hayoti va mol-mulkini himoya qilişning muhim omilidir. Yuk maşinalari ortilgan mahsulotlar maxsus qoplamalar bilan yopilişi, ortiqça yuklanişga yöl qöyilmasligi va texnik talablar töliq bajarilişi şart.

Mazkur muammo böyiça masul idoralar zudlik bilan çora körişi, nazoratni kuçaytirişi va qoidabuzarlarga nisbatan qatiy javobgarlik çoralarini qöllaşi zarur. Aks holda, oddiy fuqarolar zarar körişda davom etadi.

Yöl — barçaniki. Undagi xavfsizlik ham umumiy masuliyatdir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: