Xiva şahrida “PISA 2025” xalqaro tadqiqotiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
11-05-2025, 14:54
259 марта
Xiva şahri hokimi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorati milliy instituti rektori Ismailov Abduvali bilan uçraşdi. Suhbat davomida “PISA 2025” xalqaro tadqiqoti doirasida amalga oşirilayotgan işlar muhokama qilindi.Xalqaro taşkilotlar tomonidan respublikadagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olingan bölib, mazkur maktablardagi 9 050 nafar 15 yoşli öquvçi tadqiqotda iştirok etişi rejalaştirilgan.
2025 yildagi tadqiqot 91 ta davlat iştirokida ötkaziladi. Özbekiston maktablarining munosib iştirokini taminlaş maqsadida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (OECD) bilan hamkorlikda tizimli işlar olib borilmoqda.
Tadqiqot jarayonlari 2025 yilning aprel va may oylarida ötkazilişi közda tutilgan bölib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda taşkil etiladi.
Malumot uçun: 2022 yildagi tadqiqotda 81 ta davlat qatorida Özbekistondan 202 ta maktabdan 7 293 nafar öquvçi iştirok etgan.
Şuningdek, Xorazm viloyati maktablarida ötkazilayotgan “PISA 2025” xalqaro tadqiqoti jarayonlarida viloyatning 9 ta tuman va şahar hokimlari ham iştirok etib, yoşlarga muvaffaqiyat va omad tiladilar.




