“Halol kuraş – 2026” ğolibi Xorazmda faxr bilan kutib olindi!
23-04-2026, 14:57
267 марта
“Halol kuraş – 2026” ğolibi Xorazmda faxr bilan kutib olindi!Xabaringiz bor, joriy yilning 21–22 aprel kunlari Şahrisabz tumanidagi Miraki şaharçasida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar taşabbusi bilan “Halol kuraş – 2026” respublika musobaqasi bölib ötgan edi.
Uşbu nufuzli musobaqada Urganç şahridagi “Közli ota” masjidi imom-xatibi Hoşimjon domla Otajonov faxrli 1-örinni qölga kiritdi.
Ğolib sportçimiz Xorazmda katta hurmat va etibor bilan kutib olindi. Tantanali kutib oliş marosimida Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev hamda şahar-tuman imom-xatiblari iştirok etdi.
Yakuniy natijalarga köra, final bahsida 35 yoşgaça bölgan, 90 kgdan yuqori vazn toifasida respublika ğolibligi aynan Hoşimjon domlaga nasib etdi. Şuningdek, u “Vaqf” xayriya jamoat fondining Xorazm viloyati filiali tomonidan qimmatbaho sovğa — muzlatkiç bilan taqdirlandi.
Ğalaba muborak bölsin, Hoşimjon domla! Xorazm şarafini munosib himoya qilganingiz bilan barçamiz faxrlanamiz


