Ertaga Xorazmda yomğir yoğişi mumkin — şamol ham kuçayadi
20-05-2026, 16:10
455 марта
Ertaga Xorazmda yomğir yoğişi mumkin — şamol ham kuçayadi“Özgidromet” malumotiga köra, 21 may kuni Xorazm viloyatida havo özgaruvçan bölişi kutilmoqda. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomğir yoğişi va momaqaldiroq kuzatilişi mumkin.
Şamol ğarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Bazi joylarda şamol tezligi 13-18 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim hududlarda esa çang-tözonlar kuzatilişi ehtimoli bor.
Havo harorati keçasi 13-18 daraja, kunduzi esa 27-32 daraja atrofida böladi.
Mutaxassislar aholidan kuçli şamol vaqtida ehtiyotkor bölişni, daraxtlar va yengil konstruktsiyalar yaqinida uzoq turmaslikni söramoqda.