Xorazmda 29 may kuni kuçli şamol va çang-tözon kuzatilişi mumkin
28-05-2026, 14:08
320 марта
Xorazmda 29 may kuni kuçli şamol va çang-tözon kuzatilişi mumkin“Özgidromet” malumotiga köra, 29 may kuni Xorazm viloyatida havo özgaruvçan bölişi, yoğingarçilik kuzatilmasligi kutilmoqda.
Sinoptiklar prognoziça, viloyat hududida şamol şarqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Ayrim joylarda şamol tezligi 13-18 metr/sekundgaça kuçayişi, bazi hududlarda esa 20-22 metr/sekundgaça yetişi mumkin. Şuningdek, kuçli şamol çang-tözon bilan kuzatilişi ehtimoli ham bor.
Havo harorati keçasi 18-23 daraja, kunduzi esa 33-38 daraja atrofida bölişi prognoz qilinmoqda.
Mutaxassislar aholidan kuçli şamol vaqtida ehtiyotkor bölişni, ayniqsa, oçiq hududlarda uzoq qolmaslikni söramoqda. Şuningdek, çang-tözon paytida nafas yöllarini himoya qiliş va transport harakatida ehtiyotkorlikka rioya etiş tavsiya qilingan.
Ayni kunlarda Xorazmda yozgi issiq havo tasiri kuçayib borayotgani kuzatilmoqda. Sinoptiklar kelgusi kunlarda ham harorat yuqori bölişini takidlamoqda.