Xalqaro internet-trafikning qariyb 99 foizi suvosti kabellar orqali ötmoqda
3-02-2026, 23:12
537 марта

Xalqaro internet-trafikning qariyb 99 foizi suvosti kabellar orqali ötmoqda
Axborot asrida suvosti kabellar raqamli aloqaning asosiy poydevoriga aylandi – xalqaro internet-trafikning taxminan 99 foizi aynan şu kabellar orqali uzatiladi. Bu haqda BMT Yangiliklar xizmati xabar berdi.Malum qilinişiça, dunyoning turli qismlarini aloqa kabellari orqali boğlaş işlari ança ilgari boşlangan. Xususan, 1850 yilda Britaniya va Frantsiya suvosti telegraf kabeli orqali boğlangan ilk davlatlar bölgan.
Şundan söng texnologiyalar izçil rivojlanib bordi: telegraf xizmatlari telefon tarmoqlari bilan almaşdi, keyinçalik esa tolali-optik kabellar orqali yuqori tezlikdagi internet paydo böldi. Bugungi kunda dengiz va okeanlar tubidan ötkazilgan uşbu liniyalar orqali har soniyada yuzlab terabit malumot uzatilmoqda.
Hozirda butun dunyo böylab qitalarni boğlab turuvçi 500 dan ortiq tijoriy suvosti kabellari mavjud. Qalinligi taxminan boğ şlangiday keladigan bu kabellar umumiy hisobda 1,7 million kilometrga çözilgan bölib, bu Yer şarini bir neça marta aylanib çiqiş uçun yetarlidir.
Xabarda aytilişiça, kabellarni yotqizişdan oldin dengiz tubi xavf-xatarlari eng kam bölgan va atrof-muhitga tasiri minimal bölgan yönalişlarni tanlaş maqsadida sinçiklab örganiladi. Keyin esa maxsus kemalar ulkan ğaltaklarga öralgan tolali-optik kabellarni yeçib, uni dengiz tubiga joylaştiradi.
“Suvosti kabellar jahon iqtisodiyotining asosiy tayançiga aylanib borayotgan bir paytda, malumot uzatişdagi har qanday uziliş darhol öz tasirini körsatadi. Bu iqtisodiy faoliyatga, favqulodda va texnologik xizmatlarga, xavfsizlik tizimlariga hamda butun dunyo böylab milliardlab insonlarning internetga kiriş imkoniyatiga tasir qiladi”, deyiladi xabarda.