Superliga, 11-tur: “Xorazm” uyda mağlub böldi
4-05-2026, 22:05
339 марта
Superliga, 11-tur: “Xorazm” uyda mağlub böldiSuperliganing 11-turidan örin olgan uçraşuvda “Xorazm” jamoasi öz maydonida “Andijon”ni qabul qildi. Afsuski, uçraşuv mezbonlar uçun omadsiz yakunlanib, hisob 0:3 körinişida mehmonlar foydasiga hal böldi.
Öyinning dastlabki daqiqalaridanoq “Andijon” faol harakat qildi. 15-daqiqada Aleksandr Andronikaşvili hisobni oçib, mehmonlarni oldinga olib çiqdi — 0:1. Oradan köp ötmay, 20-daqiqada Humoyunmirzo Iminov ikkinçi golni kiritib, ustunlikni mustahkamladi — 0:2.
Birinçi bölimdayoq ikki töp farqi yuzaga kelganidan keyin “Xorazm” vaziyatni özgartirişga harakat qildi. Ikkinçi taymda jamoa bir qator hujumlar uyuştirdi, ammo yakuniy zarbalar samara bermadi. Darvozabon va himoyaçilar xatolari esa raqibga imkoniyatlar yaratib berdi.
Uçraşuvning sönggi daqiqalarida, aniqroği 90+5-daqiqada Dragan Çeran hisobni yirik körinişga olib keldi — 0:3.
Şu tariqa, “Xorazm” öz maydonida muhim oçkolarni yöqotdi. Jamoa keyingi turlarda holatni yaxşilaş va muxlislar işonçini tiklaş uçun jiddiy xulosa çiqarişi talab etiladi.
Gollar:
⚽️ 15’ — A. Andronikaşvili (0:1)
⚽️ 20’ — H. Iminov (0:2)
⚽️ 90+5’ — D. Çeran (0:3)
“Xorazm” uçun bu mağlubiyat turnir jadvalidagi örniga ham tasir qilişi mumkin. Keyingi uçraşuvlarda jamoadan qaytiş kutilmoqda.




