Superligada omadsiz start: “Xorazm” Qarşida oxirgi daqiqada mağlub böldi
1-03-2026, 21:40
270 марта
Superligada omadsiz start: “Xorazm” Qarşida oxirgi daqiqada mağlub böldiÖzbekiston Superligasining 1-turida “Xorazm” jamoasi safarda Qarşining “Nasaf” klubiga qarşi maydonga tuşdi. Qizğin va murosasiz keçgan bahsda mezbonlar minimal hisobda ustun keldi — 1:0.
Uçraşuv davomida har ikki jamoa ehtiyotkor öyin namoyiş etdi. “Xorazm” futbolçilari tartibli himoya va qarşi hujumlar orqali imkoniyat izladi. Bir qator vaziyatlarda mehmonlar gol urişga yaqin kelgan bölsa-da, yakuniy zarbalarda aniqlik yetişmadi.
Bellaşuv taqdiri esa öyinning sönggi daqiqalarida hal böldi. 90-daqiqada “Nasaf” safida maydonga tuşgan Adenis Şala imkoniyatdan unumli foydalanib, yagona golga mualliflik qildi. Şu tariqa, “Xorazm” yangi mavsumni mağlubiyat bilan boşladi.
Şunga qaramay, jamoa öyin davomida intizomli va jangovor ruhda harakat qildi. Mavsum endigina boşlandi va oldindagi turlarda oçkolarni qölga kiritiş imkoniyati saqlanib qolmoqda.
Eslatib ötamiz, keyingi turda “Xorazm” öz maydonida muxlislar qöllab-quvvatlovi ostida maydonga tuşadi. Jamoadan munosib javob kutib qolamiz.




