USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon çempionatiga kuzatiş marosimida iştirok etdi

307 марта
Prezidentimiz milliy terma jamoani jahon çempionatiga kuzatiş marosimida iştirok etdi 

Prezident Şavkat Mirziyoyev futbol böyiça Özbekiston milliy terma jamoasini 2026 yilgi jahon çempionatiga kuzatiş marosimida iştirok etdi.
Marosim avvalida Özbekiston milliy terma jamoasi azolari maydonda saf tortdi.

Davlatimiz rahbari stadionda töplangan yurtdoşlarimiz, futbol muxlislari, milliy terma jamoa azolari, murabbiylar ştabi va sport jamoatçiligi vakillarini katta futbol bayrami bilan tabrikladi.

Bugungi kun özbek futboli uçun yana bir tarixiy sana ekani, milliy terma jamoamiz AQŞ, Meksika va Kanada maydonlarida ötadigan jahon çempionatiga katta işonç va ezgu tilaklar bilan kuzatilayotgani takidlandi.

Davlatimiz rahbari futbolçilarimiz mamlakatimizga unutilmas quvonçli kunlarni taqdim etganini takidlab, ularga, ularni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onalariga, ustoz va murabbiylariga, terma jamoamizning barça azolariga butun xalqimiz nomidan çuqur minnatdorlik bildirdi.
Marosimda futbol muxlislarining milliy jamoaga bölgan mehri va sadoqati alohida etirof etildi. Prezident ğalaba onlarida ham, qiyin damlarda ham futbolçilar bilan birga bölib, ularni doimo qöllab-quvvatlab kelayotgan yurtdoşlarimizga rahmat aytdi.
Fan-klublar faoliyati ham alohida qayd etildi.

Takidlanganidek, ular terma jamoa öyinlarini nafaqat tribunadan kuzatmoqda, balki har bir bahsda özbekona, betakror uslubi bilan “ön ikkinçi öyinçi” vazifasini munosib bajarib kelmoqda. Davlatimiz rahbari ular jahon çempionatida ham minglab yurtdoşlarimiz va xorijdagi vatandoşlarimiz bilan birga futbolçilarimizni qöllab-quvvatlaşiga işonç bildirdi.

Prezidentimiz mamlakatimizda futbol allaqaçon har bir oilaning döstiga aylanganini takidladi. Sportçilarimiz erişayotgan yutuqlardan ruhlangan farzandlarimiz orasidan ham kelajakda yangi çempionlar yetişib çiqişiga işonç bildirildi.
Sönggi yillarda Yangi Özbekistonda sportga qaratilayotgan etibor, har bir hududda bunyod etilayotgan yirik sport inşootlari, joylarda taşkil etilayotgan professional futbol akademiyalari va yaqinda iş boşlagan Milliy futbol markazi yoşlarimizning yangi yutuqlarga erişişi uçun mustahkam zamin bölayotgani qayd etildi.

Şuningdek, ötgan yili poytaxtimizda 100 gektardan ziyod maydonda 5 ta yirik sport majmuasini öz içiga olgan Olimpiya şaharçasi qurib bitkazilgani, Yangi Toşkentda FIFA standartlariga töliq javob beradigan 55 ming örinli muhtaşam stadion qad rostlayotgani takidlandi. Bu kabi zamonaviy inşootlar yurtimizda nufuzli xalqaro musobaqalarni ötkazişga, sportçilarimizni yanada ulkan ğalabalar sari yetaklaşga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari milliy terma jamoa azolariga murojaat qilib, xalqimiz ularga oq fotiha berib, katta mundialga kuzatayotganini takidladi. Oldinda Portugaliya, Kolumbiya va Kongo terma jamoalari bilan muhim öyinlar kutib turgani, futbolçilarimiz katta kuç-ğayrat va işonç bilan maydonga çiqişi zarurligi qayd etildi.

– Şuni bilingki, biz doim sizlar bilanmiz. Haqiqiy özbekona jasorat, matonat va irodangiz bilan çiroyli va işonçli öyin körsatib, barçamizni xursand qilasiz deb işonamiz, – dedi Prezident.

Nutq yakunida Özbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi yangradi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston milliy terma jamoasi azolari bilan esdalik suratiga tuşdi.
Kontsert dasturi namoyiş etildi. Tadbir yakunida milliy terma jamoaning nazorat uçraşuvi bölib ötdi.


















Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: