OSIYo ÇEMPIONATI SOVRINDORI XONZODA ERKINOVA TANTANALI KUTIB OLINDI
11-06-2026, 12:22
117 марта
OSIYo ÇEMPIONATI SOVRINDORI XONZODA ERKINOVA TANTANALI KUTIB OLINDIQozoğiston Respublikasida baydarka va kanoeda eşkak eşiş sport turi böyiça ötkazilgan Osiyo çempionatida Xorazm viloyati vakili Xonzoda Erkinova yuksak natijalarni qayd etdi.
Yoş va umidli sportçimiz musobaqaning U-23 (23 yoşgaça bölganlar) toifasida kuçli raqiblariga qarşi matonat bilan kuraşib, yurtimiz şarafini munosib himoya qildi:
🥈 C-2 yönalişida 200 metr masofaga ötkazilgan poygalarda — kumuş medal;
🥉 C-2 yönalişida 500 metr masofada esa — bronza medalni qölga kiritdi.
Urganç aeroportida gulduros qarsaklar
Bugun Osiyo çempionati sovrindori Xonzoda Erkinova Urganç xalqaro aeroportida tantanali ravişda kutib olindi. Uşbu quvonçli lahzalarda sportçimizni kutib oliş uçun uning oila azolari, yaqinlari, Xorazm viloyati Sport boşqarmasi, sport federatsiyalari hamda sport talim muassasalari vakillari jam bölişdi.




