USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞ Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbariga viza bermadi

72 марта
АҚШ Фаластин футбол ассоциацияси раҳбарига виза бермади

Qöşma Ştatlar Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari Jibril Rajubga mamlakat hududida bölib ötadigan Jahon çempionati uçraşuvlariga taşrif buyuriş uçun viza berişdan boş tortdi. Bu haqda Rajubga tayanib, “Associated Press” xabar berdi. 

Naşr malumotiga köra, Falastin futbol assotsiatsiyasi rahbari unga AQŞ vizasi berilmaganini tasdiqlagan. Mexiko şahrida bölib ötgan Meksika – Janubiy Afrika uçraşuvini tomoşa qilgan Rajub Vaşingtonning mazkur qarorini adolatsiz deb baholagan.

Rajub uzoq yillar davomida Isroilning Ğarbiy Sohildagi aholi punktlari jamoalarini mamlakat milliy çempionatiga qöşişiliga qarşi çiqib kelgan. U buni xalqaro futbol qoidalari buzilişi sifatida baholagan. Şuningdek, u FIFA’ni Isroilga nisbatan sanktsiyalar qöllaşga çaqirgan. Şu sababli, unga viza berilmagani taxmin qilinmoqda.

Malumot uçun, 2026 yilgi FIFA Jahon çempionati keça, 11 iyun kuni Mexiko şahrida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari örtasidagi uçraşuv bilan start oldi. Turnir öyinlari AQŞ, Kanada va Meksikada ötkazilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: