Infantinoning Italiya haqidagi gaplari mojaroga aylandi
Italiya Sport vaziri Andrea Abodi FIFA prezidenti Janni Infantinoning milliy terma jamoa haqidagi hazilidan söng undan şaxsan izoh olişni istayotganini malum qildi. Bu haqda u özining ijtimoiy tarmoqlarida malum qildi.
“Italiya va Meksika örtasidagi masofa uzoqligini hisobga olsak, uning rejalari haqida aniqroq tasavvurga ega böliş uçun telefon orqali muloqot qiliş maqbul. Men uning fikrini bevosita eşitişga qiziqaman”, deydi Abodi.
Infantino intervyularidan birida FIFA Jahon çempionati iştirokçilari sonini 48 tadan 64 tagaça oşiriş imkoniyatini muhokama qilayotganini aytgan. Şu bilan birga, u ketma-ket uçinçi marta mundialga çiqa olmagan Italiya terma jamoasi haqida hazil qilgan.
“Ehtimol, 64 ta jamoa iştirok etsa, Italiya ham yöllanmani qölga kiritar. Hatto ular mundialga çiqa oladimi-yöqmi, şuni köriş uçun turnirni 208 ta jamoagaça kengaytirişimiz mumkin”, degan FIFA rahbari.
Bu bayonot Italiya futbol doiralarida keskin norozilikka sabab böldi. Italiya futbol federatsiyasi (FIGC) ham FIFA prezidentining sözlarini tanqid qildi.
“Bu noörin bayonot bölib, uning uslubi butun Italiya sport hamjamiyatining his-tuyğulariga ozor yetkazdi”, deyiladi federatsiya munosabatida.
Malumot uçun, Italiya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon çempionati Yevropa saralaş bosqiçining pley-offida mağlubiyatga uçradi. Jamoa Bosniya va Gertsegovinaga qarşi bahsda asosiy vaqtni 1:1 hisobida yakunlagan bölsa-da, penaltilar seriyasida 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi va mundial yöllanmasidan mahrum böldi.
Şu tariqa, tört karra jahon çempionlari hisoblangan Italiya ketma-ket uçinçi bor Jahon çempionatini ötkazib yubormoqda. Avvalroq, “Skuadra Adzurra” 2018 yil Rossiyada va 2022 yil Qatarda bölib ötgan mundiallarga ham çiqa olmagan edi.