USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

FIFA mundialda Özbekiston uçun maxsus yangilikni joriy qildi

352 марта
FIFA мундиалда Ўзбекистон учун махсус янгиликни жорий қилди

2026 yilgi Jahon çempionatida FIFA futbolçilar uçun uç turdagi maxsus esdalik şevronlarini (kiyimga (engiga, kökragiga) taqiladigan yoki tikiladigan maxsus belgi) joriy qildi. Uşbu yangilik barça iştirokçi jamoalar futbolçilariga, jumladan Özbekiston terma jamoasi azolariga ham taalluqli.

FIFAʼga köra, Özbekiston terma jamoasining barça 26 nafar futbolçisi Kolumbiyaga qarşi ilk uçraşuvda “Debyut” şevroni bilan maydonga tuşadi. Bu belgi mundialda birinçi marta iştirok etayotgan futbolçilarga beriladi. Ilk öyinda qatnaşgan futbolçilar keyingi turlarda uşbu şevronni taqmaydi, zaxirada qolganlar esa birinçi öyiniga qadar uni saqlab qoladi.

FIFA tomonidan joriy etilgan şevronlar uç toifaga bölingan: “Debyut” – Jahon çempionatida ilk bor iştirok etayotganlar uçun, “Meros” (Legacy) – beşinçi yoki undan köp mundialda qatnaşgan futbolçilar uçun va “Oltin şon-şaraf” (Golden Glory) – avvalgi mundiallarda individual mukofotlarga sazovor bölgan futbolçilar uçun. Lamin Yamal va Erling Holand ham turnirni “Debyut” şevroni bilan boşlaydi.

“Meros” va “Oltin şon-şaraf” şevronlariga ega futbolçilar qatorida Xames Rodriges, Harri Keyn, Kilian Mbappe, Tibo Kurtua, Emiliano Martines, Lionel Messi, Luka Modriç, Kriştianu Ronaldu, Manuel Noyer va Yuto Nagatomo bor.

Lionel Messi va Luka Modriç ikki xil şevron bilan maydonga tuşadi. Messi Jahon çempionatlaridagi oltinçi, Modriç esa beşinçi iştiroki munosabati bilan “Meros” şevronini taqadi. Şu bilan birga, har ikki futbolçi avvalgi mundiallarda “Oltin töp” sohibi bölgani uçun “Oltin şon-şaraf” şevronini ham oladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: