JÇ-2026. Turkiya ilk turda Avstraliyadan “tarsaki yedi”
Bugun, 14 iyun kuni Kanadaning Vankuver şahridagi “Bi-Si Pleys” stadionida Jahon çempionatining “D” guruhi 1-turidan örin olgan Avstraliya va Turkiya milliy terma jamoalari örtasidagi bahs bölib ötdi. Unda avstraliyaliklar 2:0 hisobida ğalaba qozondi.
Dastlab öyinning 27-daqiqasida Irankunda qarşi hujumdan gol urib, Avstraliya milliy terma jamoasini oldinga olib çiqdi. Uçraşuvning 75-daqiqasida yarim himoyaçi Konnor Metkalf jarima maydonçasi taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan avstraliyaliklarning uşbu öyindagi ikkinçi golini urdi. Turkiyaliklar butun ikkinçi bölim davomida raqib ustidan töliq ustunlik qildi va zarbalar soni böyiça ulardan bir neça barobar özib ketdi, biroq raqib darvozasi işğol qilinmadi.
Öyinda kiritilgan gollarni uşbu havola orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
“D” törtligining qolgan ikki jamoasi Paragvay va turnir mezbonlaridan biri bölmiş AQŞ terma jamoalari hisoblanadi. Avvalroq, amerikaliklar guruhning ilk öyinida Paragvay jamoasi ustidan yirik hisobda (4:1) ğalaba qozongan edi. Avstraliya 19 iyun kuni AQŞ bilan, 26 iyunda esa Paragvay bilan öynaydi. Turkiyaliklar esa 20 iyunda Paragvay bilan, 26 iyunda esa AQŞ bilan töqnaş keladi.